Dunyodagi eng g‘aroyib stadionlar
Futbol matchining eng asosiy qismlaridan biri – stadion.

Chim sifati, akustika va yorug‘lik tomoshaga bevosita taʼsir o‘tkazadi. Dunyoda shunday maydonlar borki, o‘ziga xosligi uchun ham borish kerak. Bugun shunday stadionlar haqida maʼlumot beramiz.
Braga munitsipal stadioni, Portugaliya

Bu stadion 33 tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, Yevro-2004 uchun qurilgan. U shundoqqina qoya etagida joylashgan, tablo va kameralar tog‘ga o‘rnatilgan. Arena qurilishiga 122 mln dollar sarflangan.
«Marina Bey», Singapur

Bu stadionning futbol maydoni maxsus suzuvchi platformada joylashgan. 30 ming tomoshabin esa sohilda o‘tiradi. Maydon sohil bilan bir nechta ko‘prik orqali bog‘langan. Agar to‘p maydondan chiqib ketsa, uni g‘avvoslar olib keladi.
Janubiy Afrikadagi Sovet stadioni

1981 yilda sovet muhandislari Janubiy Afrikaning Mafikeng shahrida “Mmabato Stedium” maydonini qurishgan. Stadion sig‘imi 59 ming o‘rinni tashkil etadi.
Tog‘dagi stadion, Norvegiya

Norvegiyaning Xenningsver qishlog‘ida ajoyib stadion joylashgan. U tog‘lar va dengiz bilan o‘ralgan. Bu sayyoradagi eng chiroyli joylardan biri. Qishloq aholisi atigi 500 kishi. Stadionda odatda mahalliy jamoa o‘ynaydi.
«Vojdovas arena », Serbiya

Yana bir g‘ayrioddiy stadion Belgradning Vojdovas tumanida joylashgan. 2011 yilda eski arena buzilib, 2013 yil avgustida yangi stadion va savdo markazi ochildi. Maydon sig‘imi 5 175kishini tashkil etadi. Qurilishga qariyb 20 mln yevro sarflangan.







