Lifestyle

Meni nima chaqdi?

Yoz kunlari tabiat qo‘ynida dam olishni istaysiz-u, ammo chivinlar chaqishi taʼbingizni xira qiladi.

Meni nima chaqdi?

 

Tabiatda chivinlardan tashqari xavfli hasharotlar ham bor. Sizni qaysi hasharot chaqqanini aniqlash uning xavfli yoki xavfsizligini bilishda muhim o‘rin tutadi.

1. Chivin

 

·         Chivin chaqishi bilan oq yoki qizil rangli shish paydo bo‘ladi. shish atrofidagi teri esa odatda qizaradi.

·         Keyinchalik bu joy qattiqlashadi va qichiydi.

 

2. Yotoq burgasi

·         Burga odatda uxlayotganingizda  bo‘yin, yuz, qo‘l va oyoqlar kabi ochiq joylaringizni chaqadi.

·         Chaqilgan joyda chiqishadigan qizil shish paydo bo‘ladi, uning chegarasi aniq ko‘rinib turadi.

·         Odatda burga bir joyda bir nechta iz qoldiradi.

 

3. O‘rgimchaklar

O‘rgimchaklar hasharotlar sinfiga kirmasada, ularning ham chaqishini bilib olish zarar qilmaydi. Ular faqat o‘zini himoya qilish uchun odamni chaqishi mumkin.

 

·         O‘rgimchak chaqqan joy kichik qizil rangli yarimshishga o‘xshab turadi.

·         Bu paytda ari chaqishiga o‘xshash yengil og‘riq sezishingiz mumkin.

·         O‘rgimchaklarning qoziq tishlari bor. Shuning uchun o‘rgimchak chaqqanida 2 ta mayda teshik qoldiradi.

 

4. Chumoli

Chumolilarning katta qismi odamni chaqmaydi. Ammo ular orasida bir necha turi xavfli. Jumladan, olovli chumililar mayda va agressiv bo‘lib, qora yoki qizil rangda bo‘ladi. Alar chaqqanda tez tibbiy yordam kerak bo‘lishi mumkin.

 

·         Oldin bir necha mayda qizil dog‘lar paydo bo‘ladi.

·         2 kundan so‘ng oq pufakcha yuzaga keladi.

·         Chaqilgan joy og‘rishi, achishi va shishib ketishi mumkin.

 

5. Asalarilar

Agar allergiyangiz bo‘lmasa, asalari chaqishidan vahimaga tushmaslik kerak. Ammo agar ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, tomoq yoki tilning shishishi simptomlari paydo bo‘lsa, bu allergiyadan darak berishi mumkin. Bu holatda zudlik bilan terapevt yoki allergologga murojaat qilish kerak. Ari chaqqanda

1.     Plastik karta yoki pichoq yordamida nishni olib tashlang. Pinsetdan foydalanmang, chunki u teriga ko‘proq zahar kirishiga sabab bo‘lishi mumkin.

2.     Chaqilgan joyni yaxshilab sovunlab yuving.

 

Ari chaqqanda

·         Ari chaqayotganini sezmaslik qiyin, chunki u og‘riqli bo‘ladi.

·         Chaqilgan joy pushti-qizil rangda bo‘ladi.

·         Dog‘ atrofida oq doira hozil bo‘ladi, uning atrofidagi teri qizaradi va qichishni boshlaydi.

·         Asalari chaqqanidan so‘ng terida uning nishi qoladi. Agar nish bo‘lmasa, boshqa shunga o‘xshash hasharot, masalan, qovoqari chaqqan bo‘lishi mumkin.

      

6. Bitlar

·         Bitning chaqqani mayda, ammo teri uning so‘lagiga reaksiya qaytaradi.

·         Odatda bu izlar ko‘p va qizil rangli noaniq dog‘ ko‘rinishida paydo bo‘ladi.

·         Ayrim hollarda chaqilgan joyda qon izi ham bo‘lishi mumkin.

 

 

7. Kanalar

·         Odatda kana chaqqanda qo‘ltiq osti yoki boshqa nam va soq bilan qoplangan yuzada dog‘lar paydo bo‘ladi.

·         Chaqilgan joyda qotib qolgan qonni ham ko‘rish mumkin.

·         Baʼzan kanaga terining ichiga kirib olish uchun bir qancha vaqt kerak bo‘ladi. Kanalarni olib tashlash uchun mahsus asbob yoki pinset yordamida undan xalos bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun kanani teriga maksimal yaqin qismidan ushlab, sekinlik bilan tepaga tortish kerak. Ehtiyot bo‘ling, qaltis harakat qilmang va uni siqib o‘ldirmang.

·         Odatda bu hasharot bir marta chaqadi.

·         Agar “buqa ko‘zi” kabi yaqqol alomatni ko‘rsangiz, Laym kasalliliga chalinish xavfi yuqori. Bu toshmani qizil dog‘ atrofidagi oq-qizil doiradan ham tanib olish mumkin. Kana chaqqanda tezda tibbiy xizmat ko‘rsatilishi shart.

 

Hasharotlar chaqqanidan so‘nggi qichishdan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Hasharot chaqqanida avvalambor uning o‘zini yoki nishini olib tashlash kerak. Asosiysi, jarohatlangan yuzani oqar suvda sovunlab yuving.

 

·         Shish va qichishni kamaytirish uchun chaqilgan joyga muz bosing.

·         Qichishga qarshi losyondan foydalaning.

·         Isteʼmon sodasi va suvdan bo‘tqasimon aralashma tayyorlab, uni shishgan joyga 10 daqiqaga qoldiring.

Meni nima chaqdi? | Zamon.uz