Qozondagi tragediyadan so‘ng ko‘pchilik “bu qanday sodir bo‘ldi?” degan savolga javob izlamoqda
Bu savol anchadan beri muhokama qilinib kelinadi. U yerda maktablarda yiliga 10lab otishma sodir etiladi.

AQSH milliy xavfsizlik vazirligi ekspertlar bilan birgalikda bosqinchiga bevosita yaqin joyda bo‘lib qolgan o‘quvchilar uchun qo‘llanma tayyorgalan. Bunday qo‘llanmalar AQSHdagi ko‘plab maktablarning devorlarida osilgan. Undagi maslahatlar universal bo‘lib, kimningdir hayotini saqlab qolishi mumkin. Biz ham ulardan ayrimlarini tarjima qilib, eʼtiboringizga havola etishga qaror qildik.
Evakuatsiya
Agar buning iloji bo‘lsa, otishma bo‘layotgan maktabni tark etgan maʼqul, asosiysi bunda hayot uchun boshqa xavf paydo bo‘lmasligi.
- Agar xavfsiz evakuatsiya qilishning iloji bo‘lsa, do‘stlaringiz buni xohlashi yoki xohlamasligidan qatʼi nazar amalga oshiring.
- Agar sumkangiz, telefoningiz yoki boshqa narsalaringiz qolib ketgan bo‘lsa, ularni olish uchun qaytmang.
- Agar imkoni bo‘lsa, boshqalarga ham xavfsiz yo‘lni ko‘rsatib chiqib ketishiga yordam bering.
- Agar bosqinchi turgan joyini bilsangiz, boshqalarn ham ogohlantiring: u yerga borishmasin.
- Agar binoga qutqaruvchilar yetib kelgan bo‘lsa, ularning aytganiga amal qiling.
- Qo‘lingizni yashirmang.
- Yaralanganlarni olib chiqishga urinmang: siz ularga nima bo‘lganini bilmaysiz va katta ehtimol bilan ularga qanday yordam berish kerakligini bilmaysiz. Shuning uchun ularni o‘rnidan qimirlatish ahvolini og‘irlashtirishi mumkin.
- Qochib chiqib, xavfsiz joyga borib olishingiz bilan politsiya va “tez yordam” chaqiring.
Bekinish
Agar maktabdan qochib chiqishning iloji bo‘lmasa, bekinib oling. Shunday qilib qutqaruvchilar kelib bosqinchini zararsizlantirgunicha vaqtdan yutib qolish mumkin.
- Yashirinish uchun eng yaxshi joy – alohida sinf yoki xona. U yerda bosqinchi sizni ko‘rmaydi, devor va eshik esa o‘qdan himoya qiladi.
- Eshikni albatta ichkaridan qulflab oling yoki og‘ir buyum bilan tambalab qo‘ying.
- Chiqish yo‘li bitta bo‘lgan xonaga kirmang. Bosqinchi sizni topib olsa, tuzoqqa tushib qolishingiz mumkin.
- Telefon va boshqa ovoz manbalari: kompyuter yoki televizorni o‘chirib qo‘ying. Ovoz chiqarmang.
- Shkaf yoki parta ortiga bekiningki, eshikdan kirganda ko‘rinmasligingiz va ular sizni o‘qdan himoya qilishi kerak.
Bosqinchiga hujum qilish
Ekspertlar bosqinchiga tashlanmaslikni va uning qurolini olib qo‘yishga urinmaslikni tavsiya qilishadi. Bu bilan mahsus tayyorlangan odamlar shug‘ullanishi kerak. Faqat bir holatdagina hujum qilish mumkin: agar u sizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilsa va boshqa yo‘lingiz qolmasa.
- Agar bosqinchiga hujum qilishga qaror qilgan bo‘lsangiz, maksimal darajada agressiv harakat qiling. Boshlagan bo‘lsangiz, to‘xtamang.
- Baqiring – bu bosqinchini cho‘chitadi va chalg‘itadi.
- Atrofdagi buyumlardan foydalaning: bosqinchiga narsa oting.
Politsiya bilan uchrashuv
Voqea joyiga jinoyatchini to‘xtatish uchun mahsus tayyorlangan guruh kelganda ularga xalaqit bermang va yordam berishga ham urinmang.
- Huquqni himoya qiluvchi organ xodimlarining aytganlarini bajaring.
- Qo‘lingizda hech narsani ushlamang. Qutqaruvchilar inson qo‘lini ko‘rishmasa, uni potensial xavf deb qabul qilishadi va uni qurollangan deb o‘ylashadi. Shuning uchun xavfli emasligingizni ko‘rsatib, qo‘llarinizni qo‘tarib oling.
- Keskin harakatlar qilmang, qutqaruvchilarni to‘xtatishga urinmang.
- Agar qo‘lingizdan kelsa, ularga maʼlumot berib yordam berishingiz mumkin. Bunday vaziyatda qutqaruvchilarga bosqinchilar, ularning qurollari soni, tashqi ko‘rinishi va kiyimlari haqida maʼlumot juda zarur bo‘ladi.







