Lifestyle

Xitoyning "Chanchjen 5-B" raketasi

Dam olish kunlari Xitoyning “Chanchjen 5-B” raketa tashuvchisining eskirgan qismlari Yerga tushishi kutilmoqda.

Xitoyning "Chanchjen 5-B" raketasi

 

Bu raketa tashuvchi orqali Xitoy kosmik kemasining birinchi moduli orbitaga chiqarilgan.

18 tonnali obyektning atmosferaning qalin qatlamlariga kirishi nazoratsiz amalga oshadi, amerikalik ekspertlar bo‘laklar aholi yashash punktlariga tushishi mumkinligidan xavotirini bildirishgan.

O‘z navbatida, Pekin bo‘laklar tushishidan zarar ko‘rish ehtimoli juda past ekanini eʼlon qilishdi.

"Chanchjen 5-B" raketasi 29 aprel kuni orbitaga Xitoyning bulajak kosmik stansiyasining asos modulini olib chiqqan edi. Uning ellips orbitasi 160 dan 375 km gacha bo‘lib, bosqichma-bosqich pasaygan.

Keyinchalik pasayishning tezligi atmosfera zichligiga bog‘liq bo‘lib, uni hisoblashning imkoni yo‘q. Nazariy tomondan uning katta qismi Yer yuzasiga kelishidan oldin yonib ketishi kerak, ammo qattik jismlardan yasalgan elementlar bu olovli parvozdan butun chiqishi mumkin.

Xitoy xavfni kamaytirishga urinmoqda. Xitoy TIV matbuot kotibi Van Vjnbin parvoz vaqtida parchalanish yoki yerga zarar yetishi ehtimoli juda pastligini aytib, jamoatchilikni voqealar rivojlanishidan o‘z vaqtida ogohlantirishga vaʼda berdi.

Raketa tushishining ehtimoliy trayektoriyasi ijtimoiy tarmoqlarda ham jahon miqyosida muhokama qilinmoqda.

AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin: “Bizning imkoniyatlarimiz katta, ammo hozircha uni urib tushirishni rejalashtirmayapmiz. Umid qilamizki, raketa hech kimga zarar yetkazmaydigan joyga qo‘nadi”.

 

Ayni paytda, vazir xitoyliklar masʼuliyatsiz harakat qilganini ham taʼkidladi. “Chunki ular orbitadan nazoratsiz tushishga yo‘l qo‘ygan. “Kosmik liga” davlatlari juda eʼtiborli ishlashi kerak”.

Garvard astrofizigi Jonatan Makdauell ham Xitoyning bu qadamini masʼuliyatsiz deb baholadi.

“Bu ikkinchi urinish. Bilamizki, birinchi urinishdan so‘ng deyarli shu kabi raketa bo‘laklari Kot D‘Ivuara hududidan topilgan”, - deydi u.

Makdauellning prognoziga ko‘ra, hozirgi orbitadan kelib chiqqan holda, raketa bo‘laklari Nyu-York, Madrid, Pekin yoki Chilining janubiy qismlariga, yoki umuman boshqa joyga tushishi mumkin.

O‘z navbatida, Suatgempton universitetining kosmik chiqindilar bo‘yicha mutaxassisi Xyu Lyuis kosmosni o‘zlashtirishning 60 yilida orbitada katta miqdorda chiqindi qoldirilgani, bunga birinchi navbatda AQSH va Rossiya javobgar ekanini taʼkidladi.

 

Xitoyning "Chanchjen 5-B" raketasi | Zamon.uz