Lifestyle

Biz kuzatmayotganimizda yovvoyi hayvonlar o‘zini qanday tutadi?

29 yoshli avstriyalik fotograf Julian Red o‘z faoliyatini yovvoyi tabiatga bag‘ishlagan. Bir necha yildan beri u olmaxon,quyonlar, o‘rmon sichqonlari og‘maxon va boshqa mayda jonivorlarni tabiiy yashash sharoitida rasmga oladi. Uning Instagramdagi sahifasida 100 mingdan ortiq kuzatuvchisi bor.

Biz kuzatmayotganimizda yovvoyi hayvonlar o‘zini qanday tutadi?

 

Uning asosiy faoliyati yovvoyi jonivorlar hayotining qiziq lahzalarini tasvirga olishga ulgurishdir. Julianning sabri va mahorati tufayli bu jonivorlarning  turli emotsiyalari: qiziquvchanlik, nafislik, hayron qolish va rohatlanish ifodalarini ko‘rish mumkin.

Bugun sizga tayyorlab qo‘ygan rasmlar to‘plamini tomosha qilib kundalik tashvishlarni birozga bo‘lsa-da, unutishingizni istadik.

Biz shoshib yashaganimiz tufayli sayyoramizda bizdan boshqa jonivorlar borligini unutib qo‘yamiz. Bu rasmlarda esa ularning qanchalik momiq nozikligini ko‘rish mumkin.

“Yovvoyi hayvonlarni tasvirga olish doim katta sabr va ko‘p vaqt talab etadi. Siz jonivor qachon oldingizga kelishini va umuman u sizga yaqinlashadimi, yo‘qmi bilolmaysiz. Men 1ta tasvir uchun sanoqsiz soatlarimni sarflaganman. Shuni tushunib yetdimki, hayvonlarning ortidan quvib yurish emas, ularning o‘zi kelishini kutish kerak. Tabiat tasviri shunisi bilan murakkab: siz hayvonlar turlarini bilishingiz, sabrli bo‘lishingiz va ozgina omad kerak”, - deydi Julianning o‘zi.

BU suratlarga qarab turib, tabiat neʼmatlaridan zavqlanishni shu mitti jonivorlardan o‘rganishimiz kerak, degan fikr paydo bo‘ladi.

 

 

 

 

Maqola yoqqan bo‘lsa, do‘stlaringizga ham ulashing va ularning kayfiyati ko‘tirilishiga hissa qo‘shing.

Sharofat  Mahmudova

Biz kuzatmayotganimizda yovvoyi hayvonlar o‘zini qanday tutadi? | Zamon.uz