Buning uchun miyangiz sizga rahmat deydi
Мия – инсон ҳаётини бошқарувчи орган. У қарор қабул қилиб, фикрларни шакллантиради. Бу жраён бир неча сонияларда амалга ошади. Бу факт қатор тажрибалар ва тадқиқотлар орқали исботланган. Ўз миясини бошқара олган одам муваффақиятга эришиши ҳам. Агар сиз ўз миянгиз ҳақида тўғри қайғурсангиз, ус изга албатта тўғри сигналларни жўнатади.

Miya foydali narsalarni yaxshi ko‘radi. Bular:
1. Yangi bilimlar. Organizm uchun axborot va quvvat almashinuvi juda muhim. Miya uchun esa, shu organizmning bir qismi sifatida axborot olish va berish zarur. Miya doimiy rvishda foydali axborotni olishi uchun o‘qish va rivojlanishni kanda qilmaslik kerak.
2. Ijod va kreativ g‘oyalar. Ular amalga oshsa, yanayam yaxshi. Sanʼat orqali inson rivojlanishning qaysi darajasiga yetganini ko‘rsatadi. Rasm chizish, musiqa, arxitekturaga qiziqish insonning doimiy rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Ijod odamni g‘oyalar almashinuviga undaydi, bu esa miyaga juda yoqadi.
3. Erkinlik. miya odamning xayolida negativ, qo‘rquv va stereotiplar bo‘lishini yoqtirmaydi. Shunday bo‘lsa, u rivojlana olmaydi. Negativ fikrlar, qo‘rquv va stereotiplar oldimizdagi imkoniyatlarni yopib qo‘yadi.

4. Yaxshi odatlar. Miya nimagadir tez ko‘nikadi. Odatlarga ham. Agar uni yaxshi hararkatlar bilan mashg‘ul qilsak, masalan o‘qish yoki badantarbiya bilan, u bizdan minnatdor bo‘lib, maqsadga erishishning yangi yo‘llarini topadi.
5. Uyqu va dam olish, sport va toza havo. Uyqu va dam olishning foydalari haqida juda ko‘p yozilgan va aytilgan. Sport esa badanni chiniqtirib, miyaning umumiy salomatligi va ishlashini yaxshilaydi. Toza havoda organizm kislorodga to‘yinadi. Miya yaxshiroq ishlay boshlaydi. Buning evaziga biz ijod qilishimiz, ishlashimiz va hayotdan zavq olib yashashimiz mumkin.
6. Kam miqdordagi “yengil” taomlar. Biz quvvatni ovqatdan olamiz. Kuchimizning asosiy qismini yana ovqatlanish, xavotir, negativ fikrlarga sarflaymiz. Vaqt yetishmovchiligi muammosi shundan kelib chiqadi. Negativ fikrlarga sarflangan energiya hisobiga ishlashga kuchimiz qolmaydi. Shuning uchun miya hazm qilsh oson bo‘lgan taomlarni yaxshi ko‘radi.
7. Yaxshi fikrlar. Ular muvaffaqiyatga yo‘lning asosidir. Biz real hayotgan taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri narsalar haqida fikr yuritamiz. Shuning uchun miyangizga tez-tez yorqin emotsiyalarni berib turing, ulardan pozitiv fikrlar tug‘iladi.
8. Aniq maqsad. Miya qo‘rquv yoki ikkilanishni yoqtirmaydi. Aniq qo‘yilgan maqsad bizga nima kerakligini bildiradi. Oldingizga aniq vazifani qo‘yish orqali yo‘lingizdagi to‘siqlar oson va yengil yechiladigan masala ekanini anglaysiz.

Maqola yoqqan va foydali bo‘lgan bo‘lsa, do‘stlaringiz bilan ulashing.
Miyangiz yaxshiroq ishlashi uchun qanday odatlaringiz bor? Biz bilan o‘rtoqlashing.
Sharofat Mahmudova







