Lifestyle

Buyuk Britaniyaning yosh ko‘rinuvchi ayoli o‘z sirini oshkor etdi

70 yoshli Jen Teylor Strong turmush o‘rtog‘i bilan Londonda yashaydi. Uning aytishicha, doimiy yosh ko‘rinish uchun unga sportning ekstremal turlari yordam beradi.

Buyuk Britaniyaning yosh ko‘rinuvchi ayoli o‘z sirini oshkor etdi

 

“63 yoshdaligimda men Shveysariyada qoyadan sakrab, paraplanda uchganman. Shunchalik hayajonlanganimdan sakrashdan oldin vasiyat ham qoldirganman. Ammo qo‘rquvni yengish menga faqat baxt olib keldi. Shunday keyin men Alyaskada ziplaynda uchganman”, - deydi u.

Asli AQSHlin ayol terisini yosh saqlash uchun doim quyoshdan himoya qiluvchi krem va shlyapadan foydalanadi. Bundan tashqari u tetiklik uchun D vitamini qabul qiladi.

Teylor-Strongning aytishicha, ko‘rkam ko‘rinishga to‘g‘ri tanlangan makiyaj ham yordam beradi. Uning yana bir siri terini yaxshilab tozalashda. “Londonda yashaganim tufayli ifloslangan havoga qarshi turish uchun yaxshi tozalovchi vositalardan foydalanishim kerak. Sochiqda iz qolmaguncha yuzimni tozalayveraman”, - deb tushuntiradi u.

Oldinroq 71 yoshli Berkxamstedlik Syu Birdshou yoshlik siri bir kunda faqat 2 mahal ovqatlanishida ekanini aytgan edi. Bundan tashqari u har kuni velotrenajerda 30-60 daqiqa shug‘ullanadi.

Sharofat Mahmudova

Buyuk Britaniyaning yosh ko‘rinuvchi ayoli o‘z sirini oshkor etdi | Zamon.uz