Siyosat

Har bir kilogramm pilla uchun davlat tomonidan qo‘shimcha subsidiya beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida uzumchilik va pillachilik sohasida mavjud muammolar va tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Har bir kilogramm pilla uchun davlat tomonidan qo‘shimcha subsidiya beriladi

Yig‘ilishda ipakchilik, jun sanoati va kovrak yetishtirish borasidagi ishlar ham muhokama qilindi.

Kuni kecha Prezidentimizning ipakchilik, jun sanoati va kovrak yetishtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha yangi qarori imzolandi. Endi pilla boquvchilarga uni sotishdan tushgan puldan tashqari, har bir kilogramm pilla uchun davlat tomonidan qo‘shimcha 5 ming so‘mdan subsidiya beriladi. Shuningdek, sohadagi tadbirkorlarning tashabbusi bilan pillani aholidan sotib olish narxi 10 foizga oshirilib, 1 kilogramm pilla narxi 25 ming so‘mga yetkazildi.  

Oddiy qilib aytganda, qishloqda ikki quti pilla boqqan oila 1 kilogramm pilla uchun 30 ming so‘m, bir oyda – 3, 4 million so‘m daromad topadi.  

Bu qarordan eng asosiy maqsad – qishloqda bandlikni taʼminlash orqali aholi daromadini oshirishdan iborat.

Yig‘ilishda dastlab Qo‘shrabot, Qumqo‘rg‘on, Boysun, G‘uzor va Dehqonobod tumanlarida, keyin boshqa tumanlarda ham jun olinadigan qo‘y-echkilar sonini keskin ko‘paytirib, aholini jundan gilam, ro‘mol va boshqa mahsulotlar to‘qib daromad topishga o‘rgatish lozimligi taʼkidlandi.

Mutasaddilarga yil yakuniga qadar Farg‘ona va Namanganda 14 tadan, keyingi yilda Andijonda 11 ta ipak mato va gilamlar to‘qish uchun hunarmandchilik markazlarini tashkil etish, kavrak yetishtirishga ilmiy asosda yondashish, uni ko‘paytirish, hosildorligini oshirish, qayta ishlab, eksport salohiyatini oshirish vazifalari topshirildi.  

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"