Mahalliy aholi uchun oddiy, chet elliklar uchun esa aqlga sig‘mas mahsulotlar
Taom tanlashda har kimning o‘z xohishlari va didi bo‘ladi. Shuning uchun ham ishlab chiqaruvchilar doimiy izlanishda bo‘lib, yangidan-yangi taʼmlar va kombinatsiyalarni o‘ylab topishadi.

Bir turdagi taom ayrim mamlakatlarda shirinlik sifatida dasturxonga tortilsa, boshqalarida gazak yoki salat vazifasida bo‘lishi mumkin. Bugun eʼtiboringizga eng g‘ayrioddiy va aqlga sig‘mas mahsulotlarni havola etamiz. Ammo o‘z vatanida bu taomlarni har qadamda topish mumkin.
Xitoyda tuxum taʼmili muzqaymoq oddiy shirinlik sanaladi. Uning sariq qismi tuxum sarig‘i taʼmini eslatadi.

No‘xat taʼmli muzqaymoqqa ham bu yerda oddiy qaraladi.

«Go‘sht tolalari aynib qolgan shirin paxtani eslatadi. U kremli desertlarning deyarli barchasiga qo‘shiladi. Bundan tashqari, bu tolalardan konfet tayyorlanadi»

Shvetsiyadagi oddiy tort. Tarkibida faqat dengiz mahsulotlari bor.

Tuzlangan karam sharbati Avstriya va Germaniya aholisining sevimli ichimligi.

«Achchiq snikers. Oldin shirin va odatiy taʼmni, keyin esa keskin achchiq taʼmni sezasiz.»

«Matcha jelesi. Ko‘proq bodringga o‘xshaydi, ichiga esa loviya solingan. Xitoyda loviya pishiriq va desetrlar tarkibida tez-tez uchraydi»

«Pomidor Xitoyda meva sanaladi. Shuning uchun uni mevalar bo‘limidan qidirish kerak. Oshxonalarda parrak shaklda kesilgan va ustiga shakar sepilgan pomidor sotib olish mumkin»

«Juda g‘alati bo‘g‘irsoq. Xuddi rezina chaynayotganga o‘xshaydi»

Xitoyning “plastmassa” chipslari. Ularni tayyorlash uchun qizib turgan yog‘da qovurib olish kerak. Tayyor bo‘lganini chipsning “ochilish darajasi”dan bilsa bo‘ladi.

«Dengiz tipratikani ikrasi qo‘shilgan Cup Noodle Rich lag‘moni. Ko‘rinishidan juda mazali, ammo taʼmi juda shirin»

Baliqli muzqaymoq. Odatda muzqaymoq sifatida loviya pastasi, shirin kartoshka, qulupnay yoki ko‘k choy pastalaridan foydalaniladi.

«Polshada sotib olingan borsh taʼmli lag‘mon. Uyda tayyorlangan borщdan tubdan farq qiladi, aniqrog‘i go‘shtsiz lavlagi qaynatmasini eslatadi. Taʼmi o‘ta shirin, ammo ishtahaochar»

Siz yaponlarning asalarili pechenyesini yegan bo‘larmidingiz?

Xitoyliklar maydalangan shakarning o‘rniga shakar kristallarini sotib olishadi. Bu o‘zimizning novvotga o‘xshaydi.

Sho‘r tuxum taʼmili chipslar.

Vedjimayt — to‘q jigar rangdagi achitqi konsentrati. Avstraliyaliklar usiz hayotini tasavvur qilmaydi.

Nemes delikatesi Mettigel (mettigel). Bu ziravorlar qo‘shilgan va tipratikan ko‘rishida toptiladigan maydalangan cho‘chqa go‘shti.

Tayvanning anʼanaviy shirinligi. Shirin kartoshka, kraxmal sharchalari shakarli sirop va muz bo‘laklari loviya bilan beriladi.

Siz sayohatda tatib ko‘rgan eng g‘ayrioddiy taom qanday bo‘lgan?







