Olimlar tushuntirib bera olmaydigan hodisalar haqida bilasizmi?
Ilm-fan to‘xtamasdan rivojlanib bormoqda. Ammo sayyoramizning sir-sinoatlari ham tuganmas. Ayrim sirli tabiat hodisalarining sababini eng kuchli olimlar ham tushuntirib bera olishmaydi.

Ideal ko‘l
Buenos-Ayres yaqinidagi botqoqliklarda sirli ko‘l bo‘lib, ungi Ko‘z deb nom berilgan. U 2016 yilda mahalliy kinostudiyaning hujjatli film operatorlari tasvirga olish uchun joy izlab vertoletda uchib o‘tayotganlarida topishgan.
119 metrli ideal ko‘lning ichida ham geometrik shaklli orol joylashgan.

Operatorlar bazaga qaytgach ko‘l haqida maʼlumot izlashgan. Aniqlanishicha, bu joy oldin ham Google Maps uchun sputnikdan yuborilgan tasvirlarga tushgan, ammo uning ideal shakli tufayli haqiqiyligia hech kim ishonmagan. Xarita tuzuvchilari bu tasvirlarda texnik xatolik ketgan deb o‘chirib tashlashgan.
So‘nggi yillardagi maʼlumotlardan shu oydinlashdiki, ko‘lning shaklidan tashqari yana bir noodatiy jihati bor. Uning ichidagi orol ko‘l bo‘ylab asta-sekin aylanadi. O‘tkazilgan tadqiqotlarga qaramay, olimlar bu hodisaning sirini aniqlay olishmayapti.
Chakalakzordagi kitlar
Tailand ustidan uchib o‘ta turib 3ta kitga o‘xshash qoyani ko‘rish mumkin. Junglidan suzib chiqayotgan “kashalotlar”ning dumlari daraxtlar orasida ko‘rinmaydi.

Bu qoyalar ko‘plab olimlar tomonidan o‘rganilgan, ammo ularning tabiatini tushunishning iloji bo‘lmagan.
Taxminlardan biriga ko‘ra, qoyalar shamol va yomg‘ir tufayli shu shaklga kelgan. Ammo atrofdagi boshqa tepaliklarda bunday o‘zgarish yo‘q. Bu obyektlar inson qo‘li bilan yaratilgani haqidagi fikrlar ham bor, ammo bu hududda sivilizatsiya qoldiqlari mavjud emas.
Gigant tuxumlar
Antarktikaning Seymur orolidagi muz qatlami ostida 2011 yili chililik olimlar g‘ayrioddiy shakldagi buyumni topib olishdi. Tadqiqotlar bu qadimiy davrda tosh qotgan gigant tuxum ekanini ko‘rsatdi.
Olimlar qitʼa doim ham muz bilan qoplangan bo‘lmagani haqida taxmin qilishadi. Bu yerda oldin ham yog‘och va magma qoldiqlari topilgan. Ammo tosh qotgan jonivor tuxumlari birinchi marta topilishi.
Hajmi bo‘yicha topilma dinozavr tuxumiga teng.

Ammo shakli bo‘yicha bu dinozavr tuxumi bo‘lishi mumkin emas. Dinozavrlarning tuxumining qobig‘i qattiq bo‘lgan, topilma qobig‘i esa yumshoq bo‘lgan. Bu tuxum kaltakesak yoki ilon tuxumi bo‘lishi mumkin. Ammo shunday bo‘lgan taqdirda uning uzunligi kamida 17 metr bo‘lishi kerak. Tadqiqotlar hali davom etmoqda, ammo sir ochilgani yo‘q.
Arvoh sharshara
Osetiyadagi Erso sharsharasi arvoh degan nom olgan. Chunki u har 5-7 yilda yo‘qolib, yana paydo bo‘lib qoladi.
Bir necha kilometrli suv havzasining yo‘qolib qolishi qurg‘oqchilik yoki boshqa sabablarga bog‘liq emas.

Ayniqsa qishda uning yo‘qolib qolishi noodatiy bo‘ladi. Muz qatlami bahorgacha turadi, odamlar ham sharshara yo‘qolganini sezishmaydi. Bahor kelib, kunlar isishi bilan erigan muz qurib qolgan suv havzasi tubiga tushib ketadi.
Geologlar suv kars bo‘shliqlariga ketadi deb taxmin qilishgan, ammo shunday bo‘lganda suv yana kutilmaganda paydo bo‘lmas edi.
Ko‘l suvsiz qoladigan muddati haqida ham aniq taassurot mavjud emas. U bir necha haftadan bir necha yilgacha quruq turishi mumkin. Bu yerda baliqlar ham yashamaydi. Atrofdagi quruqlik jonivorlari va qushlar ham tushunarsiz sharsharaga yaqinlashishmaydi.
Sharofat Mahmudova







