Lifestyle

Qirollik oilalarining kamtar aʼzolari

Qirollik oilalarining shunday aʼzolari borki, ular oddiy ishlarda ishlab pul topishdan uyalishmaydi. Bu bilan ular insonni yuqori mansabi emas, amalga oshirgan ishlari uchun hurmat qilish kerakligini isbotlab kelishmoqda.

Qirollik oilalarining kamtar aʼzolari

 

1. Shvedsiya malikasi Sofiya shifoxonada ishlaydi

 

Malika Sofiya hisobchilik va biznesni rivojlantirish bo‘yicha o‘qigan. Bundan tashqari, u yoga bo‘yicha mutaxassis bo‘lib, bu bo‘yicha Nyu-Yorkda ishlagan. Yaqinda Sofiya “sog‘liqni saqlash tizimi xodilmarining og‘irini yengil qilish uchun” volonter bo‘ldi.

U tez yordam bo‘yicha 3 kunlik kursni bitirib, Stokgolmdagi shifoxonada ish boshladi. Uning vazifasi asboblarni tozalash va dezinfeksiya qilish orqali shifokor va hamshiralarga yordam berish.

 

2. Shahzoda Uilyam — tez yordam vertoletining uchuvchisi

 

 

Shahzoda Uilyam harbiy sohani tanlab, leytenant unvoniga erishgan. Ammo qirollik oilasi vakili uchun bu juda xavfli kasb edi, shuning uchun u o‘qishini qirollik floti va qirollik harbiy-havo kuchlarida davom ettirdi.

Harbiy-havo kuchlaridagi xizmatdan so‘ng 2014 yilda Uilyam tez yordam vertoletida doimiy ishlashga rozi bo‘ldi. U maoshini xayriya qilardi. 2017 yilda shahzoda ishdan ketdi.

 

3. Monako Knyaginya Sharlen — professional suzuvchi

 

Knyaginya Sharlen hozirgi Zimbabveda tug‘ilgan va o‘zining sportdagi karyerasini 1996 yilda Janubiy Afrika chempionatida boshlagan. U 2000 yilgi Sidney olimpiadasida Janubiy Afrika sharafini himoya qilgan. Ammo oradan 7 yil o‘tgach yelkasidagi jarohat tufayli katta sportni tark etdi.

Hozir knyaginya paralimpiyachi sportchilar va eshitishda nuqsoni bor bolalar reabilitatsiya markazlarida uchrashuvlar tashkillashtiradi.

 

4. Monako malikasi Sharlotta — muvaffaqiyatli yozuvchi

 

 

Sharlotta Kaziragi jamiyat rivojiga hissasini qo‘shib keladi. U 2009 yilda Above jurnalining kolumnisti bo‘lgan.

Keyinroq u ikki do‘sti bilan bu ishdan ketib, moda va ekologiya bilan bog‘liq loyihalarga qo‘l urdi. O‘sha yili Sharlotta moda sanoatining atrof-muhitga yetkazadigan zarari haqidagi Ever Manifesto‘ning 3000 nusʼhasini chiqarishini aytgan. 2018 yilda u faylasuf Robert Majdiori bilan insoniyat qo‘rquvlari va hissiyotlari haqida kitob yozdi.

 

5. Daniya valiahd malikasi Meri — mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menedjer va o‘qituvchi

 

Malika Merining otasi – akademik va matematika professori. Unga ham otasining isteʼdodi yuqqan. 1998  yilda, onasining vafotidan 6 oy o‘tgach u mijozlar bilan ishlash lavozimidan ketib, Amerika va Yevropa bo‘ylab sayohat qildi. 2002 yilning birinchi yarmida Meri Parijdagi biznes-maktabda ingliz tilidan dars bergan.

Daniyaga ko‘chib kelgach, u biznesni rivojlantirish, aloqalar va marketing bo‘yicha loyihalar maslahatchisi bo‘lib ishladi.

 

6. Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr — uchuvchi

 

Villem-Aleksandr yoshligida Niderlandiya qirollik flotida harbiy xazmatni o‘tagan va leytenant lavozimini egallagan. Uning yana bir mashg‘uloti bor. Villem-Aleksandr – uchuvchi.

Monarx tijoriy aviakompaniyalarda taklif etilgan uchuvchi bo‘lib ishlaydi. Qirolning aytishicha, u bir necha yildan beri ishlaydi va yo‘lovchilarning ayrimlari uni tanishadi.

 

7. Daniya shahzodasi Nikolay model bo‘lib ishlaydi

 

 

Shahzoda Nikolay – Daniya qirollik oilasi aʼzosi. U 21 yoshda. Nikolay 2018 yildan beri model bo‘lib ishlaydi. Uning debyut chiqishi Londondagi yuqori moda haftaligida bo‘lgan. Shundan so‘ng u moda dunyosining “tilla bolasi”ga aylandi. 2020 yilda u Dior brendining erkaklar kolleksiyasini ochib berdi.

 

8. Belgiya shahzodasi Ioaxim — Harbiy-dengiz floti zobiti

 

 

10 yil oldin shahzoda Ioaxim armiya tayyorlarligi bo‘yicha ko‘nggillilar kursini tamomlagan. Keyinroq u Bryuggedagi dengiz maktabida o‘qigan. Qirollarga xos hayot tarzi o‘rniga Belgiya harbiy-dengiz floti zobitligini tanlagan.

Sharofat Mahmudova

Qirollik oilalarining kamtar aʼzolari | Zamon.uz