Lifestyle

“Shunaqasi ham bo'ladimi?” deyishga majbur qiladigan fotolar

Atrofimizda mo‘jizalar ko‘p, ammo ularni har doim ham ko‘ravermaymiz. Baʼzan esa ko‘rib tursakda, miyamiz uni qabul qilishdan bosh tortadi. Ammo mo‘jizani boricha ko‘rish uchun boshqa burchakdan qarashga to‘g‘ri keladi.

“Shunaqasi ham bo'ladimi?” deyishga majbur qiladigan fotolar

 

Deraza oynasi nurni kamalak spektrlariga bo‘lib berdi, stul suyanchig‘i esa gradiyent chiziqlarini taʼminladi.

Nur ko‘zdagi linzada sinib, nuqtalar halqasi holiga keldi.

 

Bu fotoshop emas, haqiqiy “nurli ilon”, u Osiyo Janubi-sharqida yashaydi. Bu juda chiroyli, zaharsiz ammo murakkab ilon turi.

 

Burj-Halifa osmono‘par binosining tepasidan qaralgandagi odatiy ko‘rinish. Binoning balandligi 828 metr, hatto bulutlar ham undan pastda.

 

Tasvirdagi inson qo‘li suv ostida, ammo suv juda tiniqligi sababli ko‘rinmayapti.

 

Bu holat kulgili va xavfli ko‘rinadimi? Ammo bu ustunlar zilzila vaqtida binoning qulashini kechiktirib, odamlarni jvakuatsiya qilishga imkon bergan.

 

Beysbol bitasi bilan koptokni urgandagi holat. Tasvirda tezkor deformatsiya darajasini ko‘rish mumkin.

 

Chap tomonda musaffo osmon, o‘ngda yomg‘irli bulutlar, o‘rtada esa nur va qorong‘ilik o‘rtasidagi aniq chegara.

 

 

Bu o‘sib ketgan itbaliq. Gormonal buzilish tufayli u qurbaqaga aylanmay, barcha kuchini o‘sishga sarflagan.

 

Xitoy, Tayxanshan tog‘ tizmasida mahsus qurilgan aylanma zina. Uning balandligi 90 metr. U yo‘lni qisqartiradi, ammo hamma ham yurak yutib tepaga chiqolmaydi.

 

Bu daraxt qachonlardir zarbaga uchragan, ammo jarohat joyini qobiq bilan o‘rash o‘rniga o‘z vazni taʼsirida aynalishni boshlagan.

 

Qadimiy ovchining nayzasi kiyikning qovurg‘alarini teshib o‘tgan, ammo jonivor tirik qolib, uning sayaklari metall bo‘lagi atrofida o‘sgan.

 

Shisha quyishning o‘ziga xos texnikasi, bu usulda haqiqiy kartinalarning nusʼhalari yaratiladi. Tasvirda Leonardo da Vinchining shishadan ishlangan asari.

 

Bu yomg‘irli bulut negadir archa shakliga kirgan, ko‘rib turganingizdek, undan yog‘ayotgan yomg‘ir ham juda kuchli.

 

Sharofat Mahmudova

“Shunaqasi ham bo'ladimi?” deyishga majbur qiladigan fotolar | Zamon.uz