Lifestyle

Stress va qiyinchiliksiz ozishning oson yo‘llari

Agar bu qoidalarga amal qilsangiz, ikki haftada 2-5 kggacha vaz tashlashingiz mumkin

Stress va qiyinchiliksiz ozishning oson yo‘llari

 

 

Sho‘r mahsulotlar isteʼmolini cheklang!

Tuz (natriy xlorid) to‘qimalarda suv ushlab qolishi bilan taniqli, buning oqibatida tana vazni ortadi. Shuning uchun ratsioningizni tuzayotganda sho‘r mahsulotlar kamroq bo‘lishiga eʼtibor qarating. JSST tavsiyalariga ko‘ra, tuzning kundalik miqdori – 5 grammdan kamroq, taxminan 1 choy qoshiqdan oshmasligi kerak. Ammo бу ovqat ва salatlarga shuncha tuz qo‘shish kerak degani emas, tayyor mahsulotlar ва hatto sabzavotlar tarkibida ham natriy bor.

 

 

Shirinliklardan voz keching!

Shakarning organizmga zarar tuzdan kam emas. Bundan tashqari, shirinliklar – tez uglevodlardik: ular to‘qlik hissini tez chaqiradi ва yana tezda ochqashga olib keladi. Tayyor mahsulotlar: kolbasa, sous, nonushta uchun bodroqlar tarkibida ham yashirin shakar bo‘ladi. Shakar o‘rnini bosuvchi sirop, fruktoza ва glyukozaning tarkibida ham qand bor.

Spirtli ichimliklarni isteʼmol qilmang!

Alkogol organizmdagi suyuqlik aylanishini to‘xtatib, ortiqcha yeyishga sabab bo‘ladi. buning uchtiga spirtli ichimliklarning kaloriyasi baland: 100 gramm o‘tkir ichimlik 250 kkalgacha quvvatga ega bo‘lishi mumkin. Spirtli ichimlik isteʼmolidan so‘ng jigar yog‘ni parchalash o‘rniga alkogolning toksik moddalarini neytrallashga o‘tadi.

 

18:00 dan keyin ovqatlanmang!

“Nega?” degan savolga inson organizmining bioritmini nazorat qiluvchi beruvchi sirkad ritmlari javob beradi. Ortiqcha vazndan aziyat chekmaslik uchun 18:00-19:00 da ovqat isteʼmolini to‘xtatish kerakligi ilmiy isbotlangan. Tunda metobolizm sekinlashadi, 9:00 dan 13:00 gacha бу jarayon tez amalga oshadi.

 

Suv ichishingizni nazorat qiling

“Kuniga ikki litr suv iching” degan qoida sog‘lom turmush tarza tarafdorlarining miyasiga o‘rnashib olgan. Bu faqat toza ichimlik suvi bo‘lishi kerak degan qarash ham mavjud. Aslida esa ichimlik miqdori haqida ham, uning turi haqida ham JSST tavsiyalarida aytilmagan. Suyuqlik miqdori 1 kg vaznga 30 ml to‘g‘ri kelishi kerak. Suvdan tashqari kofe, choy, hatto sho‘rva ichish ham mumkin.

suv ichish rejimining maqsadi – organizmni vaqtida suv bilan taʼminlashdir. Aks holda u suv zahirasini to‘plashni boshlaydi.

 

Yotoqxona oynasini ochib qo‘ying

Istish tizimlari to‘liq quvvatda ishlaganida qovoqlar, barmoqlar shishishiga olib kelishini sezgan bo‘lsangiz kerak. Xonadagi haddan tashqari isib ketgan havo suv yig‘ilib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Oqibatda vazningizga yana 1-2 kg qo‘shilib qoladi. Shuning uchun yotoqxonadagi ideal havo harorati 16-20 gradus.

salqin xonadan uxlashning yana bir foydali tomoni bor: бу vaqtda organizmdagi yog‘ uni isitishga sarflanadi ва to‘planib qolmaydi. Shveysariyaning Syurix oliy texnika maktabi olimlari tajriba o‘tkazib, xonaning sovuq bo‘lishi uyquni yaxshilashi ва vazn kamayishiga sabab bo‘lishini isbotlashgan.

Sharofat Mahmudova

Stress va qiyinchiliksiz ozishning oson yo‘llari | Zamon.uz