Kecha yurtimizda koronavirus sabab 4 nafar bemor vafot etdi
Kecha yurtimizda 482 nafar kishida koronavirus, 221 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi
![]()
2021 yil 8 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 115011 (+482) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish.
holatlarining:
28 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
18 nafari Andijon viloyatida,
13 nafari Buxoro viloyatida,
41 nafari Jizzax viloyatida,
19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
12 nafari Navoiy viloyatida,
23 nafari Namangan viloyatida,
33 nafari Samarqand viloyatida,
19 nafari Sirdaryo viloyatida,
26 nafari Surxondaryo viloyatida,
32 nafari Farg‘ona viloyatida,
22 nafari Xorazm viloyatida,
49 nafari Toshkent viloyatida,
147 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 221 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kecha kun davomida:
Andijon viloyatida 70 nafar,
Buxoro viloyatida 14 nafar,
Jizzax viloyatida 85 nafar,
Navoiy viloyatida 4 nafar,
Sirdaryo viloyatida 28 nafar,
Farg‘ona viloyatida 65 nafar,
Toshkent viloyatida 52 nafar,
Toshkent shahrida 18 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 110377 (+336) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 764 nafarni tashkil qildi.







