Namanganda bomba topildi
Namanganda 4 ta butun va 2 ta yarimta yemirilgan “aviatsion” bomba topildi. Bu haqda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.


Qayd etilishicha, joriy yilning 7 iyul kuni Namangan viloyati Davlatobod tumani “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘ini Kushon sanoat hududidan 4 ta butun va 2 ta yarimta yemirilgan “aviatsion” bombalar topilgan. Ushbu bombalar artilleriya snaryadi korroziyaga uchrab yemirilgan.
Maʼlum qilinishicha, topilgan bombalar zararsizlantirish maqsadida Pop tumani G‘urimsaroy 07648-harbiy qism maxsus o‘q otish poligoniga olib borilib, yo‘q qilish ishlari olib borilyapti.
Xabarga ko‘ra, hozirda ushbu hududda kunlik navbatchilik tashkil etilib Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qidiruv-qutqaruv otryadi, Ichki ishlar boshqarmasi, Mudofaa vazirligi va IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Namangan viloyati maxsus otryadlari jalb etilgan.
Ushbu hududda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.







