Siyosat

O‘zbekistonda davlat mulklarini «1 so‘m»ga sotish amaliyoti bekor qilinadi

Shavkat Mirziyoyev raisligida 1 iyul kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish sohasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekistonda davlat mulklarini «1 so‘m»ga sotish amaliyoti bekor qilinadi

Shavkat Mirziyoyev raisligida 1 iyul kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish sohasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 1 iyul kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish sohasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xususiylashtirish – muhim iqtisodiy tadbirlardan biri. Bu nafaqat byudjetga tushumni taʼminlaydi, balki yangi investitsiya loyihalari, ish o‘rinlari va qo‘shilgan qiymat uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Chunki tadbirkorlik rivoji uchun eng zarur sharoit, avvalo, yer, bino va infratuzilmadir.

Shu bois xususiylashtirish masalasi iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Joriy va kelgusi yilda davlat ulushi bo‘lgan korxonalar sonini kamida 3 barobar qisqartirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Bu islohotlar dunyodagi nufuzli ekspertlar va ommaviy axborot vositalari tomonidan ham eʼtirof etilmoqda.   

2020 yil 27 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi. Bu boradagi ishlar o‘z samarasini berib, joriy yilning birinchi yarmida 478 ta davlat mulki 1 trillion 100 milliard so‘mga sotildi.

Lekin, bu borada qilinadigan ishlar hali ko‘p. Xususan, sotilishi belgilangan 556 ta mulkdan 288 tasi savdolarga chiqarilmagan. Shuningdek, davlat korxonalari va banklar ixtiyorida ularning asosiy faoliyatiga xos bo‘lmagan 511 ta obyekt haligacha sotilmasdan turibdi.

Yig‘ilishda xususiylashtirish jarayonini samarali tashkil etish, auksionda qatnashish tartiblarini soddalashtirish va ishtirokchilar sonini ko‘paytirishga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, joriy yilda 900 dan ortiq davlat mulki sotuvga qo‘yiladi. Endi davlat mulklarini “1 so‘m” qiymatda savdoga chiqarish, yer uchastkalarini investitsiya majburiyati bilan sotish amaliyoti bekor qilinadi va ular bozor bahosida elektron savdolarga chiqariladi.

Bundan tashqari, onlayn auksionda qatnashish uchun to‘lovlar bekor qilinadi va tadbirkorlarga elektron ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qoplab beriladi. Auksionda mulkni sotib olganda, to‘lov muddati hozirgi 5 kundan 15 kungacha uzaytiriladi.

Bundan buyon, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarning bino-inshootlari, transport vositalarini sotish va ijaraga berishni faqat elektron auksion orqali amalga oshirish tartibi joriy etiladi.

Mutasaddilarga ushbu yangi tartiblarni nazarda tutuvchi qaror loyihasi ishlab chiqish topshirildi.

Toshkent shahridagi 13 ta yirik ko‘chmas mulk obyekti hamda 11 ta tarmoq korxonalaridagi davlat ulushlarini xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda, sotuvga chiqarish zarurligi taʼkidlandi.

Viloyat, tuman va shahar hokimlariga o‘z vakolatidagi 154 ta bo‘sh turgan obyektni bir oy muddatda savdoga chiqarish vazifasi qo‘yildi.

Hokimliklar tomonidan sotuvga chiqarilgan mulklar sotilganda, hududlar ixtiyorida qoladigan mablag‘lar ulushi 73 foizdan 87 foizga oshiriladigan bo‘ldi. Bu mablag‘lar viloyat va tumanlar (shahar) byudjetlari o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga davlat korxonalari hamda banklarning asosiy faoliyatga xos bo‘lmagan va bo‘sh turgan obyektlarni to‘liq qaytadan xatlovdan o‘tkazib, ularni xususiylashtirishga tayyorlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Faoliyat yuritmayotgan yoki zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekistonda davlat mulklarini «1 so‘m»ga sotish amaliyoti bekor qilinadi | Zamon.uz