Tokio Olimpiadasi tomoshbinlarsiz o‘tkaziladi
Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning og‘irlashgani, mamlakatda virus yuqtirganlar soni ko‘payishi sababli Yaponiyada favqulodda holat muddati uzaytirildi.


Musobaqa tashkilotchilari ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda Olimpiya o‘yinlarini tomoshabinlarsiz o‘tkazishga qaror qilishdi.
O‘n mingta muxlisning musobaqa tomoshalariga kirishiga ruxsat berilishi to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi. Yangi qarorni yapon shifokorlari qabul qilishdi. Ular Olimpiadani tomoshabinlar bilan o‘tkazish xavfli ekanini tan olishdi.
Maʼlumot o‘rnida, Tokioda yozgi Olimpiya o‘yinlari 23 iyulda boshlanib, 8 avgustda yakunlanadi.
Jamshid Amirov







