Tuxel Holandni kutmoqda
Chelsi keyingi mavsumda Angliya chempionligi uchun jiddiy kurashga kirishmoqda.


Shuning uchun klub o‘z safini yangi kuchlar bilan to‘ldirishni maqsad qilgan. Ular rejalarini amalga oshirishda «Borussiya» to‘purari Erling Holand xizmatlaridan foydalanmoqchi.
Londonliklar nemis klubini ushbu taklifga rozi qilish uchun 150 million funt tayyorlamoqda. Ularning fikriga ko‘ra, dortmuntliklar bu so‘mmadan voz kecholmaydi.
Bugungi kunda Angliyada eng qimmat transfer egasi Pol Pogba hisoblanadi. 2016 yil «Manchester Yunayted» yarim himoyachi uchun «Yuventus» ga 90 million fund to‘lagan.







