Sport

Italiya Yevropada tengsiz

Kecha tunda Yevropa chempionatining final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda Italiya va Angliya milliy terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.

Italiya Yevropada tengsiz

 

 

Uchrashuvning asosiy vaqtida durang natija qayd etildi, qo‘shimcha daqiqalarda ham hisob ochilmadi, penaltilar ceriyasida esa italyanlarning qo‘li baland keldi. Shunday qilib Italiya o‘z tarixida 53 yildan beri ikkinchi bor Yevropada tengsiz deya eʼtirof etildi. Italiya himoyachisi Jorjio Kellini 2020 yilgi Yevropa chempionatida g‘alaba qozonganidan so‘ng o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi:

 

“Bu katta hikoya ... Orzu amalga oshdi. Haqiqatan ham, bu juda ajoyib. Ushbu musobaqani endi boshlaganimizda, allaqachon ertakning atrofimizda mavjudligini his qildik. Bu tuyg‘u har kuni xayolimizni band qildi. Xayolimizda Kannavaroning 2006 yilgi Jahon chempionatida qo‘lida kubok bilan rasmini ko‘z o‘ngimizga keltirdik va bu bizga omad keltirdi. Men omadliman, chunki tasodif tufayli Janluiji Buffonning yonida o‘ynaganman. Endi esa Donnarumma bilan birga bir safdaman. Bu qiyin o‘yin edi. Biz uchrashuvni yomon boshladik. Ayniqsa tribunadagi muxlislar raqibga qo‘shimcha kuch bag‘ishladi. Ammo, biz juda xotirjam edik. Tanaffus vaqtida gaplashdik, pas bilan o‘ynashni yaxshilash, darvoza tomon zarbalar yullash zarurligini muhokama qildik. G‘alaba qozonishning yagona yo‘li o‘yinni o‘z nazoratimizga olish ekanligiga tushunib yetdik. Ushbu g‘alabani orzu qilardik, endi esa tarixga kirdik va Yevropa chempioniga aylandik. Barchamiz nihoyatda baxtlimiz. G‘alabani butun Italiya bilan nishonlashimiz mumkin. Biz g‘alaba qozonishga loyiqmiz. Moʻjizaviy voqealarning alomati atrofda sezilib turadi. Endi zavqlanish vaqti keldi! Biz har doim bu jarayondan quvonch va kuch olib, futbol o‘ynashga harakat qildik. Dastlabki daqiqalardagi shokka qaramay, o‘yinni o‘z qo‘limizga oldik va oxirigacha ushlab turdik".

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.