Keniyalik Olimpiya marafonchilari nimalar isteʼmol qiladi
Marafon Olimpiya o‘yinlarining ajralmas qismi. Marafon masofasi 42,2 kmni tashkil etishi va juda ko‘p quvvat talab qilishini ko‘pchilik biladi, albatta. Ammo bu quvvatni sportchilar nimadan olishini hamma ham bilmasa kerak.


Keniyalik ikki afsonaviy marafonchi Eliud Kipchoge va Bridjit Kosgey buning siri bilan bo‘lishdi.
Ayni paytda Eliud Kipchoge va Bridjit Kosgey Tokio-2020 o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. So‘nggi yillarda Sharqiy Afrika sportchilari olimpiya marafonlarida yetakchilik qilmoqda.
1 finjon choy = 90 kkal.
Marafon vaqtida sportchi ko‘p suyuqlik yo‘qotadi. Shirin choy yugurishni boshlash uchun yaxshi energiya beradi. Tadqiqotlarning biri shakar sportchilar ratsionidagi uglevodning 1/5 qismini tashkil etishini ko‘rsatgan.
Ayrim marafonchilari mashg‘ulotlar vaqtida suvdan ham ko‘ra choyni ko‘proq ichar ekan.
Mol go‘shtining bir hissasi – 190 kkal
Go‘sht proteinga boy manba, ammo jahon sporti yulduzlari bo‘lgan keniyaliklar sut va dukkakli o‘simliklarni afzal ko‘rishadi.
1 hissa loviya = 120 kkal
Loviya sportchilar ratsionida ko‘p uchraydi.
Bundan tashqari, keniyalik sportchilar ko‘proq guruch, kartoshka va non isteʼmol qilishadi. Bu mahsulotlar kombinatsiyasi ularning sutkalik kaloriyalarining 1/3 qismini tashkil etadi.
2 hissa guruch va 1 hissa qaynatilgan shirin kartoshka = 510 kkal
Bridjit Kosgey 2019 yilda Chikago marafonida g‘olib bo‘lganida u qariyb 1666 kilokaloriya yo‘qotgan.
Sharofat Mahmudova







