Londonda Yevro-2020 finalidan so‘ng to‘qnashuv yuzaga keldi
Londonda Yevro-2020 finalidan so‘ng yuzaga kelgan to‘qnashuvda 19 nafar politsiya xodimi jarohatlandi.


Bu haqda London politsiyasi xabar qilmoqda.
“Afsuski, 19 nafar ofitserimiz olomon bilan to‘qnashuvda jarohat oldi”, - deyiladi politsiyaning Twitter sahifasidagi xabarda.
Shuningdek, shu kuni politsiya 49 kishini turli huquqbuzarliklar uchun qo‘lga olgan.
Sharofat Mahmudova







