Sport

Nega respublika sport musobaqalari g‘oliblari uchun imtiyozlar bekor qilindi?

«O‘zbekiston Prezidentining «2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari va jahon chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor (1–3-o‘rin) bo‘lgan sportchi-o‘quvchilar davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllariga qo‘shimcha davlat granti asosida kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.

Nega respublika sport musobaqalari g‘oliblari uchun imtiyozlar bekor qilindi?

 

 

Bu haqda AOKAda sport musobaqalari g‘oliblarining oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan matbuot anjumanida , Oliy va o‘rta maxsus taʼlimi vaziri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov maʼlum qildi.

 

Ilgari bu imtiyoz respublika sport musobaqalarida g‘alaba qozongan sportchilarga nisbatan ham bor edi. Joriy yildan ushbu imtiyoz bekor qilindi. Imtiyozga ega sportchilar qaysi yo‘nalishlarga imtihonsiz kira oladi? Bu borada hozirda tegishli takliflar ishlab chiqilmoqda va yaqin orada eʼlon qilinadi Nima uchun respublika musobaqalaridagi imtiyoz bekor qilindi? Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, sport musobaqalari faqatgina oliy taʼlim muassasiga imtihonsiz kirishga yo‘llanma uchun tashkil etilayotgandek bo‘lib qolmoqda. Turli federatsiyalar kerak bo‘lmagan vaziyatlarda ham respublika chempionatlarini tashkil etib, imtiyozlar uchun yo‘llanmalar taqdim etmoqdalar. Maqsad — yoshlarni sportga jalb etish yoki qiziqtirish emas, yo‘llanmaga ega chiqish bo‘lib qolgan holatlar ham mavjud. Shu bois ko‘plab yoshlarning taklifi asosida ana shunday qaror qabul qilindi».

Nega respublika sport musobaqalari g‘oliblari uchun imtiyozlar bekor qilindi? | Zamon.uz