Angliya va Italiya muxlislari o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ldi
Londonning “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionati finalida Angliya terma jamoasi Italiyaga yutqazib qo‘yganidan keyin ikki mamlakat muxlislari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi mahalliy OAV.


Britaniya politsiyasining taʼkidlashicha, tartibsizliklar natijasida 49 kishi hibsga olingan. Shu bilan birga, muxlislar bilan to‘qnashuv paytida huquqni muhofaza qilish organlarining 19 xodimi jarohat olgan.
Mag‘lubiyatidan g‘azablangan baʼzi muxlislar London markazida shishalarni sindirib, ko‘chadagi axlat qutilarini ag‘darib, g‘azablarini shu tariqa namoyish etishgan.







