Britaniya qancha o‘zbekistonlikka «oltin viza» bergani aniq bo‘ldi
Buyuk Britaniya 2008-2020 yillarda 12 nafar o‘zbekistonlikka «oltin viza» bergan.

Ularning kimligi, ism-shariflari ochiqlanmagan.
Britaniya «oltin viza»sining qadri shundaki, shaxs maʼlum summaga bir umr Britaniyada yashashi, biznes qilishi hamda farzandlari eng yaxshi Yevropa taʼlimini olishini taʼminlashi berishi mumkin. «Oltin viza»ni olish uchun investor kamida 2 million funt sterlingga ega bo‘lishi kerak.
Bu davrda eng ko‘p «oltin viza»ni xitoyliklar, rossiyaliklar olgan. Qozog‘iston ham birinchi o‘ntalikka kiradi (278 nafar).







