Sport

OFK O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildirdi

Toshkent shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionlar ligasi “H” va “I” guruhi uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi.

OFK O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildirdi

 

 

“Bunyodkor” va “Lokomotiv” stadionlarida o‘tkazilgan bellashuvlarda Sharq mintaqasidan tashrif buyurgan 8 jamoa o‘zaro bahs olib bordi.

OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga rasmiy xat yo‘llab, mazkur OCHL uchrashuvlari yuqori saviyada tashkil etilganligi uchun OFK nomidan minnatdorchilik bildirdi.

«O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini Osiyo chempionlar ligasi bahslarini muvaffaqiyatli tashkil etganligi bilan samimiy muborakbod etamiz.

Shubhasiz, ushbu muvaffaqiyat zamirida O‘FAning pandemiya sharoitiga qaramay, yuqori darajadagi tashkilotchilikni taʼminlashdagi fidoyiligi, tirishqoqligi va tinimsiz harakatlari turibdi.

OFK delegatsiyasi va ishtirok etuvchi klublarga ko‘rsatgan ajoyib mehmondo‘stlik hamda musobaqa davomida barchaning sog‘lig‘i va xavfsizligini taʼminlash va himoya qilish uchun qilingan barcha tadbirlar uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildiramiz. Barchangizga tashakkur! 

Osiyo futbol konfederatsiyasi kelgusida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlikni davom ettirishdan mamnun», - deyiladi OFK bosh kotibining rasmiy xatida.

O‘z navbatida, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo chempionlar ligasi bahslari va boshqa qitʼa musobaqalari mezbonligini O‘zbekistonga ishonib topshirganligi uchun Osiyo futbol konfederatsiyaga minnatdorchilik izhor etib, hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlashga tayyor ekanligini bildiradi.

Maʼlumot o‘rnida, O‘zbekiston 2022 yilgi U23 Osiyo kubogi, 2023 yilgi U20 Osiyo kubogi hamda ayollar o‘rtasidagi U20 Osiyo kubogi-2024 bellashuvlariga mezbonlik qiladi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

OFK O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildirdi | Zamon.uz