Siyosat

Qonunchilik palatasi vakillari 6 oyda nimalar qildi?

Joriy yilning o‘tgan olti oyida parlament aʼzolarining har oy oxirgi haftasida o‘z saylov okruglariga chiqib, aholi va saylovchilarni o‘ylantirayotgan masalalarni tizimli ravishda o‘rganib borish amaliyoti izchil davom ettirildi.

Qonunchilik palatasi vakillari 6 oyda nimalar qildi?

 

 

Xususan, uchrashuvlar davomida deputatlar tomonidan 6 550 ta xonadonga tashrif buyurilib, 4 721 ta uchrashuv o‘tkazildi. Ularda 98,6 mingdan ziyod fuqaro, shu jumladan 9 715 dan ortiq tadbirkor bilan bevosita uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi. Shuningdek, 2 946 ta ijtimoiy soha obyektining faoliyati bilan tanishildi. Deputatlarning muloqotlari chog‘ida saylovchilar tomonidan 11 763 ta masala ko‘tarildi. Shulardan 4 811 tasi xalq vakillari tomonidan joyida hal etildi. Qolgan muammolar esa nazoratga olindi.

Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “PARLAMENT FAOLIYATI: 2021 yil 6 oylik yakunlari bo‘yicha eng muhim natijalar” mavzusida tashkil etilgan matbuot anjumanida alohida taʼkidlandi.

 

 

Qayd etilganidek, hisobot davrida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash, norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi, sud-huquq tizimini yana-da demokratlashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotining samaradorligini oshirish Qonunchilik palatasining eng muhim vazifalari sifatida belgilab olindi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan g‘oyalarni hayotga izchil tatbiq etishga, siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar faolligini oshirish, ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini yana-da kuchaytirish, hududlarda aholini o‘ylantirib kelayotgan masalalar bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish hamda qonun loyihalari muhokamasiga keng jamoatchilikni jalb etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishga qaratilgan ishlar Qonunchilik palatasi faoliyatini samarali tashkil etish hamda takomillashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

 

 

Tadbirda taʼkidlanganidek, Harakatlar strategiyasi va “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni huquqiy jihatdan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi. O‘tgan olti oy mobaynida 35 ta qonun qabul qilinib, maʼqullash uchun Senatga yuborildi. Shundan 17 ta yangi qonun, 12 ta yaxlit qonun, 3 ta jamlanma (16 ta qonun loyihasini o‘z ichiga olgan) qonun hamda 3 ta xalqaro shartnomalar va bitimlarni ratifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi qonundir.

 

 

Qo‘mitalar tomonidan qonun hujjatlarining ijrosi holatini va huquqni qo‘llash amaliyotini joylarga chiqqan holda o‘rganish hamda qonun osti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish doirasida 23 ta nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. Ulardan 11 tasi qonunlar ijrosining borishi, 3 tasi davlat byudjeti ijrosi, 1 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlarining ijrosi holatini o‘rganishga qaratilgan.

 

Shuningdek, tadbirda hisobot davrida tasdiqlangan jadval asosida 4 marotaba “hukumat soati” o‘tkazilgani va aholi salomatligini mustahkamlash borasida olib borilgan ishlar ham muhokama etildi.

Bahriniso MADUMAROVA

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Qonunchilik palatasi vakillari 6 oyda nimalar qildi? | Zamon.uz