Sport

«Men eng baxtli ayolman, baxtim siri esa…» - Oksana Chusovitina

Katta sport musobaqalarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan sportchilarimiz ko‘p. Ulardan biri – yetti karra olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan sportchi, Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan gimnastikachimiz, xalqaro toifadagi sport ustasi, qator davlat mukofotlari sohibasi Oksana Chusovitina. Sportchimiz Olimpiada o‘yinlarida  sakkizinchi bor O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. “Zamon.uz” muxbirlari  sportchi bilan suhbatlashdi.

«Men eng baxtli ayolman, baxtim siri esa…» - Oksana Chusovitina

 -Bilishimizcha, siz ayni damlarda Germaniyadasiz. Germaniyaga nima sababdan tashrif buyurdingiz?

- Ha, men ayni kunlarda Germaniyada tayyorlanyapman. Chunki biz tayyorlanadigan zal kovid markazga aylantirilgan edi. Jahon kubogiga tayyorgarlik etapi boshlanmoqda. Shu sabab bizga shunday imkoniyat yaratildi. Buning uchun O‘zbekiston olimpiya qo‘mitasiga, federatsiyaga  juda yaxshi sharoitlarda tayyorgarlik ko‘rish uchun imkoniyat yaratib berishgani uchun tashakkur bildiraman. Mart oyi boshida Jahon kubogining birinchi etapi boshlanadi, bu sport musobaqalarida men ham ishtirok etaman.

 

-  2020 yilda Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilishi kerak edi. Ammo pandemiya sabab Tokio Olimpiadasi kelgusi yilga qoldirildi. Siz ham Olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qilasiz. Bizga maʼlumki, siz sakkizinchi bora Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etasiz.

- Men olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘ryapman. Bu katta sport o‘yinlarida vatanim sharafini himoya qilaman.

Pandemiya sabab olimpiada boshqa vaqtga ko‘chirildi. Albatta, bundan xafa bo‘ldik. Ammo umidimizni uzmaymiz, butun dunyo pandemiyani boshidan o‘tkazyapti. Maqsad, istak, orzu bor. Men qo‘limdan kelganicha Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘raman.

 

- Olimpiadadan qanday natijalarni kutyapsiz?

- Olimpiada biror natija kutish haqida hali erta. Har bir sportchi bu o‘yinlarda yuqori natijalarga erishishni  istaydi. Har bir o‘zini hurmat qiladigan sportchi singari men ham eng yuqori natijalarga erishish uchun tayyorgarlik ko‘raman.

 

- Tokio o‘yinlaridan so‘ng sizni yana Olimpiadalarda ko‘ramizmi?

- Yo‘q, bu mening Olimpiada o‘yinlaridagi oxirgi ishtirokim bo‘ladi. Bundan keyin O‘zbekistonda  sportni rivojlantirish bo‘yicha ish olib boraman. Klub ochishni rejalashtirganman. Unda turli yoshdagi bolalar ishtirok etishi mumkin. Shu sabab Tokio Olimpiadasi katta sportdagi so‘nggi ishtirokim bo‘ladi.

- Shogirdlar tayyorlayapsizmi? Ular sportda qanday natijalarga erishyapti? Ulardan Oksana ko‘rsatgan natijalarni kuta olamizmi?

- Ayni paytda shogirdlar tayyorlamayapman, chunki bor eʼtiborimni Olimpiadaga tayyorgalikka qaratganman.

- O‘zingiz oddiy muxlis sifatida qaysi sportchiga muxlislik qilasiz?

- Sportning bir nechta turiga ishqibozman, sevib tomosha qilaman. Shu sabab ham ayni bir sportchiga muxlislik qilmayman.  

- Siz dunyoda mashhur sportchisiz. Ammo oilada siz ham barcha kabi rafiqa, ona va oddiy  bekasiz. Sport va oilani birga olib borish qiyin kechmaydimi?

- Men juda baxtli ayolman. Turmush o‘rtog‘im har jabhada meni qo‘llab-quvvatlaydi, yordam beradi. Meni yaxshi ko‘radigan o‘g‘lim bor. Oilada muhabbat, istak, o‘zaro tushunish bo‘lsa, oila baxtli bo‘ladi. Men juda baxtli ayol, ona, ayolman. Oilam meni doim qo‘llaydi, baxtimiz siri ana shunda deb o‘ylayman.

- Oila aʼzolaringiz beka Oksana Chusovitina tayyorlagan qaysi taomni sevib isteʼmol qilishadi?

- Oilamiz bilan turli shirinliklar, tortlarni sevib isteʼmol qilamiz.

- Hayotda qanday shiorga amal qilasiz?

- Ertaga pushaymon qilmaslik uchun bugun harakat qil yoki urinib ko‘r degan shiorga amal qilaman.

- Saytimiz muxlislariga tilaklaringiz?

- “Zamon.uz” saytini men ham kuzatib boraman. Sayt muxlislariga mustahkam sog‘lik, ezguliklar tilayman. Sportchilarga muxlislik qilishayotgani, qo‘llab-quvvatlashlaganlari uchun tashakkur bildiraman. Muxlislariimzning ishonchini oqlashga harakat qilamiz.

Dilfuza Zaripova va Uchqun Namozov suhbatlashdi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

«Men eng baxtli ayolman, baxtim siri esa…» - Oksana Chusovitina | Zamon.uz