Siyosat

Pokiston O‘zbekistonning muhim iqtisodiy sherigiga aylanmoqda

Bugun, 14-iyul kuni poytaxtimizda O‘zbekiston-Pokiston ishbilarmon doiralari Kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat hukumati a’zolari va biznes doiralar vakillari ishtirok etishdi.

Pokiston O‘zbekistonning muhim iqtisodiy sherigiga aylanmoqda

Tadbirda nutq so‘zlagan O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar kengayib borayotganini qayd etdi. Vazirning ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 5 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash 4 baravar ortdi. Bu tendensiya davom ettirilib, davlatlararo iqtisodiy aloqalar kengaytiriladi, savdo balansi yanada yaxshilanadi. Shuningdek, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida transport va logistika yo‘nalishlarida aloqalarni yanada kengaytirish itiqboldagi maqsad.

Pokiston O‘zbekistonning kengayib borayotgan iqtisodiy aloqalari tizimida haqiqatdan ham muhim o‘rin egallaydi.

Birgina shu yilning yanvar –may oylarida ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 69,4 mln dollarni tashkil etgan. Shundan eksportning ulushi 47,6 mln dollarga teng. 1-iyun holatiga ko‘ra respublikamizda Pokiston investisiyasi ishtirokidagi korxonalar soni 163 taga yetgan. Shulardan 43 tasi qo‘shma loyiha bo‘lsa, 115 tasi sof Pokiston kapitali asosida faoliyat yurityapti. 

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud so‘zga chiqar ekan, O‘zbekiston-Pokiston aloqalari har ikkala mamlakat uchun ham muhimligini qayd etdi. Uning fikricha, O‘zbekiston tovarlari Pokiston orqali Indoneziya, Malayziya va Janubiy Osiyoning boshqa mamlakatlariga yanada tezroq va ko‘proq eksport qilinishi mumkin. Bengazi va Qosim portlari esa o‘zbek tovarlarini Yaqin Sharq va Afrikaga yetkazishda muhim vositaga aylanadi. O‘z navbatida Pokistonga Markaziy Osiyoda eksport salohiyatini namoyish etishda O‘zbekiston yaqin hamkorga aylansa ne ajab. Katta maqsad, yuksak marralar ikkala tomonning mushtarak manfaatlari uchrashgan manzil, tranzit imkoniyatlaridan keng miqiyosida foydalanishda aks etadi.  

Tadbir davomida Sardor Umurzoqov va Abdul Razzoq Dovud davlatlararo tuzilgan “Erkin savdo to‘g‘risida" shartnoma xaqida gapirib o‘tishdi. Har ikki tomon uchun ham uning ahamiyati muhim.  

Hamkorlik yildan yilga oshib borayotganiga qaramay, negadir o‘zbek tadbirkorlari hamon Pokiston iqtisodiyotiga yirik investisiyalar kiritmagan. Pokiston bosh vaziri maslahatchisi masalani o‘rtaga tashladi va tadbirkorlarimizni yurtiga chorladi. Tan olish kerak, bu o‘zbek tadbirkorlari uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Zero Pokiston aholisi 220 mln kishini tashkil qiladi. Pokistonda jahon iqtisodiyotidagi eng yirik ichki bozor mavjud. Mamlakatda tobora iste’mol tovarlariga ehtiyoj oshib bormoqda. 

Tadbirda so‘zga chiqqan Pokiston Islom Respublikasi Savdo-sanoat palatalari federasiyasi Prezidenti Mian Nasser Xayt Maggo ham demografik vaziyatga e’tibor qaratib, aholi sonining oshib borayotgani o‘z-o‘zidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda va ayirboshlashda aloqalarni kengaytirishni kun tartibiga qo‘yayotganini aytdi. Mutasaddining qayd etishicha, mamlakatda paxtaga talab yildan yilga oshib boryapti. Demakki, ikki tekstil sanoati o‘rtasida aloqalarni kengaytirish uchun yaxshigina imkonyat bor. Muhokamalar jarayonida “O‘ztekstilsanoat” Assosiasiyasi raisi tomonidan Pokiston tekstil kompaniyalari bilan aloqalarni kengaytirish taklifi ilgari surildi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 2021-yilda 2.8 milliard dollarlik tekstil mahsulotlarini eksport qilishni rejalashtirgan. Agar Pokiston portlari orqali mahsulotlarni YeI va ASEAN mamlakatlariga eksport qilish yo‘lga qo‘yilsa, bu tekstil sanoatining rentabelligini yanada oshiradi. 

Mutaxassislar, Pokiston bilan manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlaydi. Mamlakat tovarlarini eksport qilish, jahon bozoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoniyati paydo bo‘ladi degan fikrda. 

Ma’lumot o‘rnida, Pokiston O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991 yilning 20 dekabrida tan olgan. Davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 10-maydan boshlab o‘rnatilgan. Pokistonning Toshkentdagi elchixonasi 1992 yil iyun oyidan, O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi esa 1994-yil iyul oyidan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

 

Jahongir QO‘ZIYEV

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Pokiston O‘zbekistonning muhim iqtisodiy sherigiga aylanmoqda | Zamon.uz