Salomatlik

Tiniqib uxlashga yordam beradigan 13 mahsulot

Bezovta bo‘lmasdan tiniqib uxlash va tongda tetik uyg‘onishga hissa qo‘shadigan mahsulotlar haqida maʼlumot berib o‘tamiz.

Tiniqib uxlashga yordam beradigan 13 mahsulot

 

 

Yong‘oq

Yong‘oqda sog‘lom uyqu uchun muhim bo‘lgan serotonin va melatoninning ishlab chiqarilishiga taʼsir qiladigan triptofan va aminokislotalar bisyor bo‘ladi. Aynan mazkur moddalar tinch va tez uxlashga hissa qo‘shadi.

Bodom

Bodom organizmda miqdori kam bo‘lishi, tez uxlashda muammo kuzatiladigan magniyning koni hisoblanadi. Uyqudan avval bir hovuch bodom isteʼmol qilish tiniqib uxlashning garovi hisoblanadi.

Sut

Bir stakan sut isteʼmol qilish tiniqib va sog‘lom uyquning kafolati ekani bolaligimizdan yaxshi maʼlum. Aslida esa faqat sutning o‘zi emas, barcha sut mahsulotlari uyquni yaxshilash xususiyatiga ega. Sutli mahsulotlar tarkibidagi kalsiy, triptofan aminokislotasini yaxshi singishi, shu bilan birga, melatonin gormonining ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Qolaversa, kalsiy ichaklar faoliyatini meʼyorlashtirib, kechki tomir tortishishini oldini oladi.

Salat bargi

Tarkibidagi laktukarium tinchlantirish xususiyatiga ega ekani sabab ham salat bargi uyqusizlikka qarshi kurashishda eng yaxshi samara beradigan vosita hisoblanadi. Uni nafaqat barra holida salatlarga qo‘shib balki damlama tayyorlab, isteʼmol qilsa ham bo‘ladi. Buning uchun to‘rt dona katta-katta salat bargi ustiga qaynoq suv solib, 15 daqiqaga qo‘yish ustini yopib qo‘yish kerak. Mazaliroq bo‘lishi uchun esa ushbu ichimlikka yalpiz qo‘shsa ham bo‘ladi.

Kreker

Sho‘rtakkina o‘rama non va krekerlarning glikemik ko‘rsatkichi yuqori bo‘ladi. Shu sabab ham ularni isteʼmolidan keyin uyqu bosishi kuzatiladi. Ammo bu borada meʼyorni bilish tavsiya qilinadi.

Tunes va losos

Baliq mahsulotlari, xususan, tunes hamda losos melatonin va serotoninning ishlab chiqarilishida faol ishtirok etadigan V6 vitaminini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, sarimsoq piyoz va xandon pistada ham mazkur vitamin bisyor bo‘ladi.

Guruch

Guruchning ham kreker singari glikemik ko‘rsatkichi yuqori bo‘ladi. Ammo yasmin guruchi tez uyquga ketishga boshqa navlarga nisbatan ko‘proq yordam beradi. American Journal of Clinical Nutrition jurnalida eʼlon qilingan tadqiqot natijalaridan kelib chiqib shunday xulosaga kelish mumkin.

Olcha sharbati

Pensilvaniya va Rochester universitetlarida o‘tkazilgan tadqiqotlarda, uyqudan avval bir stakan olcha sharbati ichish organizmda melatonin miqdorini oshirishi maʼlum bo‘lgan.

Yormalar

Nonushta uchun eng yaxshi taom hisoblangan yormalar kechki ovqat uchun ham ayni muddao. Ushbu mahsulot tarkibida tez uxlashga yordam beradigan karbogidratlar va kalsiy mujassam.

Moychechakli choy

Moychechakli choy — uyqusizlikka qarshi isteʼmol qilish kerak bo‘lgan eng birinchi mahsulot sanaladi va bu bejizga emas. Gap shundaki, uning bir finjoni glitsin miqdorini ko‘paytiradi, bu esa o‘z navbatida asablarni tinchlantirib, mushaklar zo‘riqishini bartaraf qiladi.

Asal

Asal tarkibidagi tabiiy shakar, insulin miqdorini ko‘paytirib, triptofanni miyaga tezroq taʼsir qilish imkonini beradi. Bir osh qoshiq asal bilan moychechakli choy ichish yana-da yaxshi samara beradi.

Qisqichbaqa

Tarkibida triptofan bisyor bo‘lgan mahsulotlar qatoridan qisqichbaqalar ham o‘rin oladi.

Bug‘u go‘shti

Triptofan bug‘u go‘shtining tarkibida rekord darajada ko‘p bo‘ladi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Tiniqib uxlashga yordam beradigan 13 mahsulot | Zamon.uz