Afg‘oniston Prezidenti O‘zbekistonga keldi
Afg‘oniston Prezidenti Ashraf Gʻani bugun Toshkentga amaliy tashrif bilan keldi.

Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Afg‘oniston rahbari 15-16 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" xalqaro konferensiyasida ishtirok etishi kutilmoqda.







