Angliyada futbolchilarni irqiy kamsitganlar stadionlarga qo‘yilmaydi
Bu haqda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson bildirdi.U ijtimoiy tarmoqlarda futbolchilarni haqorat qilganlarga nisbatan chora ko‘rilishini aytdi: «Biz futbolchilarni ijtimoiy tarmoqlarda irqiy kamsitgan, haqorat qilganlarga nisbatan keskin choralar ko‘ramiz. Bunday shaxslarni futbol uchrashuvlari tomoshasi uchun stadionlarga kiritmaymiz».

Eslatib o‘tamiz, ingliz muxlislari Yevro-2020 finalida Italiyaga boy berilgan mag‘lubiyatdan so‘ng penaltilar seriyasida xatoga yo‘l qo‘ygan Sancho, Reshford va Sakani ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilgandi. Shuningdek, muxlislar yarim final va pley-offning boshqa bosqichlarida raqib jamoalar madhiyasi ijrosi paytida hushtakbozlik uyushtirgandi.







