Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab -quvvatlash yana-da kuchaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 iyul kuni “Eksport faoliyatini yana-da kuchaytirish to‘g‘risida” qarorni imzoladi.

Qarorda aytilishicha, Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 5 yil muddatga 1 foiz stavkasida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 100 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar Eksportni ko‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va mahalliy tijorat banklariga eksportoldi moliyalashtirish uchun 200 million AQSH dollari jalb qilishga topshiriq berilgan. Bu mablag‘lar xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va moliya kompaniyalaridan jalb qilish belgilangan.







