Sport

Eng kattasi Oksana Chusovitina, eng yoshi Sevara Safoyeva

Tokio-2020 o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasiga tegishli qiziqarli faktlar

Eng kattasi Oksana Chusovitina, eng yoshi Sevara Safoyeva

 

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari O‘zbekiston delegatsiyasi uchun bir qator qiziqarli faktlar bilan tarixga kirmoqda. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi maʼlum qildi. Misol uchun, ilk bor zamonaviy beshkurash sportida Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldik, ushbu Olimpiadada ayol sportchilarimiz soni har qachongidan ham ko‘p bo‘lmoqda. Eʼtiboringizga shu va boshqa qiziqarli faktlarni taqdim qilamiz.

1. O‘zbekiston sportchilari 2020 yil Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlariga sportning 17 turida jami 71 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Bu delegatsiyamiz tarixida sport turlari soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkichdir.

2. Tokio-2020 Olimpiadasida litsenziya qo‘lga kiritgan ayol sportchilarimiz soni 30 taga yetdi. Bu Olimpiadalarda Mustaqil O‘zbekistonning ayollar sportida qayd etayotgan yana bir rekordi.

3. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida birinchi marotaba 3 nafar ayol dzyudochi bilan, shuningdek, aralash jamoaviy yo‘nalishda ishtirok etamiz. Bu yo‘nalishda dunyoda eng kuchli 12 jamoagina medallar uchun kurash olib boradi.

4. Tarixda birinchi bor zamonaviy beshkurash sport turida Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik.

5. Boks bo‘yicha musobaqalarda ilk marotaba 3 nafar sportchi qiz qatnashadi. Undagi umumiy yo‘llanmalarimiz esa 11 tani tashkil qilmoqda. Sportning ushbu turida butun dunyoda faqat 3 jamoagina shuncha bokschi bilan ishtirok etadi.

6. Hamyurtimiz Oksana Chusovitinaning nomi dunyo sport gimnastikasi tarixi sahifalariga sakkizinchi bor Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan birinchi sport gimnastika ustasi sifatida bitiladi.

7. XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida qilichbozlik sportida birinchi marotaba 3 ta yo‘llanma qo‘lga kiritildi.

8. Og‘ir atletika bahslarida ilk bor 2 qizimiz Olimpiada yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi.

9. Taekvondo bo‘yicha terma jamoamiz o‘z tarixida birinchi marta Olimpiya o‘yinlarida to‘liq tarkibda ishtirok etadi.

10. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida Olga Zabelinskaya velosiped sportida ayollar o‘rtasida ishtirok etgan dastlabki o‘zbekistonlik sportchi bo‘lib tarixga kiradi.

11. Svetlana Radzivil 4 ta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik dastlabki yengil atletikachi nomiga sazovor bo‘ladi.

12. Eng yoshi katta sportchimiz afsonaviy Oksana Chusovitina (1975 yil 19 iyun) 46 yoshida sport gimnastikasi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmoqda.

13. Delegatsiyamizning eng kichik sportchisi: Zaynab Dayibekova hamda Sevara Safoyeva. Eʼtiborlisi, har ikki vakilimiz ham 2002 yil 19 noyabr sanasida tavallud topishgan. Zaynab Dayibekova bo‘lajak Olimpiadada qilichbozlikning sablya yo‘nalishida ishtirok etsa, Sevara Safoyeva badiiy gimnastikaning guruh mashqi dasturida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Eng kattasi Oksana Chusovitina, eng yoshi Sevara Safoyeva | Zamon.uz