Siyosat

O‘zbekiston va Afg‘oniston prezidentlari uchrashdi

Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston va Afg‘oniston prezidentlari uchrashdi

 

 

Muzokaralarda mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlash sohasidagi hamkorlikning istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Ikki mamlakat yetakchilari afg‘on mojarosini harbiy yo‘l bilan hal qilishning imkoni yo‘qligini yana bir bor taʼkidlab, inklyuziv afg‘onlararo muzokaralar tez fursatda qayta tiklanishining tarafdori ekanliklarini qayd etdilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Afg‘onistonda barqaror tinchlikka erishilishiga faol ko‘maklashishga tayyorligini tasdiqladi.

Tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Pandemiyaga qaramay, joriy yilning besh oyi yakunlari bo‘yicha o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 50 foizga ortdi. O‘zbekistonda Afg‘oniston sarmoyasi ishtirokida 160 ta yangi korxona tashkil etildi.

Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash barobarida Afg‘onistonning tranzit salohiyatini kengaytirishga qaratilgan qo‘shma transport va energetika infratuzilmasi loyihalarini barobarida Afg‘onistonning tranzit salohiyatini kengaytirishga qaratilgan qo‘shma transport va energetika infratuzilmasi loyihalarini, xususan, “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul - Peshovar” temir yo‘li va yangi “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini barpo etish loyihalarini  yana-da ilgari surish muhim ekani taʼkidlandi.

Prezidentlar ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni yana-da rivojlantirish, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasida qatʼiy ekanliklarini qayd etdilar.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston prezidentlari uchrashdi | Zamon.uz