Siyosat

Afg‘onistondagi vaziyat qo‘shni davlatlarga real xavf tug‘dirmoqda ─ Lavrov

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Toshkentdagi konferensiyada chiqish qilib, Afg‘onistondagi vaziyat kun sayin yomonlashib borayotganini qayd etdi.

Afg‘onistondagi vaziyat qo‘shni davlatlarga real xavf tug‘dirmoqda ─ Lavrov

 

 

Toshkentda o‘tkazilayotgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasiga tashrif buyurgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov tadbirda nutq so‘zladi.

«Avvalo bunday konferensiya tashkillashtirilgani uchun O‘zbekistonga va prezident Mirziyoyevga minnatdorchilik bildiraman.

Afg‘onistondagi vaziyat kun sayin murakkablashib borayotgani kun tartibidagi qator masalalar yechimi uchun bunday tadbirlar qanchalik muhimligini ko‘rsatadi. So‘nggi paytda AQSH va NATO harbiy kontingentining bu davlatdan tezkor olib chiqilishi katta noaniqliklar hamda inqiroz holatini keltirib chiqarmoqda. 

Vaziyat terroristik xavf hamda katta miqdordagi narkotik moddalar savdosiga zamin yaratyapti. Bu davlatdagi notinchlik qo‘shni davlatlarga tarqalishi xavfi bor. Bunday real xavf esa Afg‘onistonni hududiy hamkorlikka jalb etishga jiddiy to‘siq bo‘ladi», deya xavotirlarini bildirgan Lavrov. 

U rasmiy Moskva ziddiyat tomonlarining faol muloqoti va muzokaralar formatini kengaytirish tarafdori ekanini qayd etgan.

«Rossiya Afg‘onistonda yovlashayotgan tomonlarning sulhga erishishi tarafdori ekanligini yana bir bor taʼkidlayman. Faqat xalqaro hamkorlar ko‘magidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralargina masalaning yechimi bo‘la oladi.

Biz Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan barcha harakatlarni, shu jumladan, bu boradagi O‘zbekiston taklif qilayotgan g‘oyalarni ham qo‘llab-quvvatlaymiz.  

O‘zbekiston prezidentining yangi transport koridorlari yaratish bo‘yicha g‘oyalariga qiziqish bildirmoqdamiz va muhokama qilishga tayyormiz. Hamkorlikdagi rejalarimiz orasida energetik loyihalar muhim o‘rin egallaydi. Bu borada o‘nlab loyihalar bor va ular orasidagi hamkorlikdagi loyihamiz Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lgan va O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilayotgan atom elektrostansiyasini alohida taʼkidlamoqchiman», dedi Rossiya Tashqi ishlar vaziri.

Afg‘onistonda hukumat kuchlari va “Tolibon” harakati vakillari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda, ko‘p vaqt davomida asosan mamlakatning qishloq hududlarida faoliyat ko‘rsatgan toliblar, amerikalik harbiylar mamlakatdan olib chiqilishi boshlangach, keng ko‘lamli yurishlar boshladi va ko‘plab tumanlar markazlari egallab olindi. 

2020 yilda Donald Tramp maʼmuriyati “Tolibon” bilan 20 yilga yaqin davom etgan urushni yakunlash va xorijiy harbiylarni Afg‘onistondan olib chiqish bo‘yicha kelishuv imzoladi, unga ko‘ra, toliblar mamlakat hududida terrorchi kuchlar faoliyatiga yo‘l qo‘ymasligi va Kobuldagi rasmiy hukumat bilan asirlar almashib, tinchlik muzokaralariga kirishishi ko‘zda tutilgandi.

Aksar mutaxassislar Amerika harbiylari sentyabrda to‘liq olib ketilgach, Kobuldagi hukumat yarim yil ichida qulashini prognoz qilishmoqda. Rossiya prezidentining Afg‘oniston masalalari bo‘yicha maslahatchisi Zamir Kabulovning hisoblashicha esa, urush yana ikki oy davom etadi, ammo toliblar hozirgacha tumanlarning qariyb yarmini qo‘lga kiritgan bo‘lishsa-da, respublikani to‘liq egallay olishmaydi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Afg‘onistondagi vaziyat qo‘shni davlatlarga real xavf tug‘dirmoqda ─ Lavrov | Zamon.uz