Siyosat

Afg‘onistondagi voqealarda Pokistonni ayblash adolatsizlik – Imron Xon

Toliblarni muzokaralar stoliga jalb qilishda hech kim Pokiston kabi katta rol o‘ynamagan. Bu haqda Toshkentda davom etayotgan xalqaro konferensiyada Pokiston bosh vaziri Imron Xon aytib o‘tdi.

Afg‘onistondagi voqealarda Pokistonni ayblash adolatsizlik – Imron Xon

 

 

«Pokiston toliblarni muzokaralarni boshlash va afg‘on muammosiga tinch yechim topishga ko‘ndirish uchun barcha vositalarni ishga soldi. Afg‘onistonda bo‘layotgan voqealarda Pokistonni ayblash juda ham adolatsizlik bo‘ladi. Bizning ustuvor [maqsadimiz] Afg‘onistonda tinchlikni taʼminlashdir, chunki bu to‘g‘ridan to‘g‘ri Pokistonga taʼsir qiladi», degan Pokiston bosh vaziri.

Shuningdek, Imron Xon Afg‘onistonning barcha qo‘shnilari, mintaqaviy va xalqaro “o‘yinchilar”ni afg‘on muammosi yuzasidan siyosiy kelishuvga erishish uchun birgalikda harakat qilishga chaqirdi.

Pokiston yetakchisi Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining Pokistonning muammodagi salbiy rolini eslatgani haqida ham gapirdi.

«[Undan ko‘ra], prezident G‘ani Afg‘onistondagi mojarodan eng ko‘p jabr ko‘rgan mamlakat – Pokiston haqida gapirsin. So‘nggi 15 yilda Pokistonda 70 ming kishi halok bo‘ldi. Pokiston yangi yangi mojarolarni xohlamaydi. Iqtisodiyotimiz endi og‘ir davrdan chiqib kelmoqda. Men uchun Afg‘onistondagi voqealarda Pokiston ayblanishini eshitish juda og‘ir», dedi Imron Xon.

Bundan tashqari, Imron Xon AQSH ham muammoga harbiy yo‘l bilan yechim topishga uringani, toliblar muzokaralar stoliga o‘tirishni so‘ragan vaqtda mamlakatga NATOning 150 ming askari kirib kelganini eslatdi.

«Agar AQSH qo‘shinlarining chiqib ketish sanasi aniq bo‘lib turgan bo‘lsa, nega toliblar biz bilan kelishuvga kelishi kerak», deya qo‘shimcha qilgan u.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.