0

Markaziy Osiyoda hech kim o‘z hududida AQSH harbiy bazalarini joylashtirmoqchi emas – RF TIV

AQSHning Afg‘onistondagi missiyasi barbod bo‘ldi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

Markaziy Osiyoda hech kim o‘z hududida AQSH harbiy bazalarini joylashtirmoqchi emas – RF TIV

Uning so‘zlariga ko‘ra, missiya barbod bo‘lganini hamma tushunmoqda, bu ochiq tan olinmoqda, shu jumladan AQSHning o‘zida ham. Terrorchilik hech qayerga yo‘qolmadi, ISHID va Al-Qoida Afg‘onistonda o‘z pozisiyalarini mustahkamladi. Giyohvand moddalarni yetishtirish rekord darajaga yetdi – narkotiklarning barchasi 90 % Afg‘onistondan kelib chiqadi.

“AQSH Markaziy Osiyo davlatlari va Pokistonni ularning hududlarida Afg‘onistondan olib chiqayotgan harbiy infratuzilmaning bir qismini joylashtirishga ko‘ndirish rejalarini yashirmayapti”, - dedi RF TIV rahbari.
 
Vazir O‘zbekiston va Pokiston bu taklifni darhol qat’iyan rad etgani va sherik-davlatlarning hech biri o‘z aholisini bunday xavfga duchor qilmoqchi emas, deb ta’kidladi.

Sergey Lavrov amerikaliklarning yana bir tashabbusi haqida to‘xtaldi: "Amerikaliklar ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlarni mamlakatdan olib ketish va Markaziy Osiyo davlatlari hududlariga vaqtincha yoki doimiy ravishda joylashtirishga harakat qilmoqdalar". Dastlab bu 10 mingga yaqin harbiy xizmatchi edi, endi yil oxirigacha 100 ming kishi, deb aytilmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bu niyatlardagi barcha xavf-xatarlarni yaxshi tushunishmoqda va o‘z manfaatlaridan kelib chiqib to‘g‘ri qaror qabul qilishadi, dedi vazir.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"