MOQ prezidenti Yaponiya bosh vaziri bilan Olimpiya o‘yinlariga tomoshabinlarni kiritish masalasida gaplashdi
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Kyodo nashri xabar qilishicha, Bax Sugadan Yaponiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilansa, o‘yinlarga tomoshabinlarni kiritish masalasini qayta ko‘rib chiqishni so‘radi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli 2020 yildan 2021 yilga qoldirilgan Yozgi olimpiya o‘yinlari 23 iyundan 8 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Oldinroq Yaponiyada epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli Olimpiada tomoshabinlarsiz o‘tkazilishini xabar qilgan edik.







