“Olimpiya o‘yinlari paytida qurollar dam olishi kerak”- Antoniu Guterrish
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish barcha mamlakatlarni Yaponiyadagi olimpiya o‘yinlari oldidan yarashishga chaqirdi.

"Olimpiya o‘yinlari barcha qurollar dam olishi kerakligiga anʼanaviy signal. Odamlar va xalqlar bu tanaffusni rivojlantirib, o‘t ochmaslik rejimini uzaytirishlari va barqaror dunyoga yo‘l topishlari mumkin. Men barcha munozarali taraflardan Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari davrida sulhga amal qilishlarini so‘rayman", - dedi Guterrish.
Shuningdek, u "bu yil tinchlikka intilish va umumiy maqsadlar yo‘lida birlashish yana-da muhim"ligi, chunki butun dunyo "pandemiyaga nuqta qo‘yish uchun kurashayotgani"ni taʼkidladi.







