“O‘yinim va gollarim bilan nimalarga qodirligimni isbotlab qo‘yganman”- Krishtianu Ronaldu
Angliya terma jamoasi Yevropa chempionatida Italiyadan mag‘lubiyatga uchrab, azaliy orzusi armonga aylandi.

Inglizlarning yetakchi hujumchisi Harri Keynning Krishtianu Ronalduni tanqid qilganini ko‘pchilik mag‘lubiyat alamiga yo‘ymoqda: “Ronaldu bekorga o‘zini dunyoning eng zo‘r futbolchisi, deb hisoblayapti. Men shuni aniq bilamanki, boshqa mamlakatlarni inobatga olmagan holda, Angliyaning o‘zida Ronaldu va Messidan ancha yaxshi o‘ynaydigan futbolchilar bor”, - dedi Harri Keyn.
Krishtianu Ronaldu esa ingliz hujumchisining tanqidiga bosiqlik bilan, lekin Keynga yetarlicha zarba bo‘ladigan darajada javob qildi. Xususan, u Angliya termasini finalgacha yetib kelganini tasodif deb, italiyaliklarni qitʼa chempionatidagi g‘alaba bilan tabrikladi. Shuningdek, Harri Keynga quyidagicha javob qaytardi: “Keynning gapiga javobim shuki, men o‘zimni zo‘rman, demaganman. Men uchun ko‘rsatkichlarim gapiradi. Jamomiz Yevropa chempionatini nimchorak finaldan tark etganiga qaramay, men eng yaxshi to‘purar bo‘ldim . Ichiqoralar nima deyishidan qatʼi nazar, o‘z o‘yinim va gollarim bilan nimalarga qodirligimni isbotlab qo‘yganman. Men terma jamoam bilan Millatlar ligasi va Yevropa chempionatida g‘olib chiqdim. Angliya esa uzoq yillardan beri biror nimani uddalay olgani yo‘q. Keyn hali Lionel Messining darajasidan ancha uzoqda. U aytgan gaplar Harrining ojizligidan dalolat beradi. Agar Angliya chempion bo‘lganida, u bizga osilmagan bo‘lardi”- dedi Krishtianu Ronaldu.







