Siyosat

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari muzokaralari yakuni bo‘yicha OAV vakillari uchun brifing o‘tkazildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir Imron Xonning rasmiy tashrifini davlatlararo munosabatlar tarixida yangi sahifa ochadigan muhim siyosiy voqea, deb baholadi.

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari muzokaralari yakuni bo‘yicha OAV vakillari uchun brifing o‘tkazildi

O‘zaro ishonch va ochiqlik, samimiy va amaliy ruhda o‘tgan samarali muzokaralarda sheriklikning yangi imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, «o‘sish nuqtalari» belgilangani qayd etildi.

Brifingda ikki davlat o‘rtasidagi manfaatli kelishuvlar jumladan: Tashrif arafasida o‘tgan Hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishi va biznes-forum doirasida 500 million dollardan ortiq aniq loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Tranzit va savdo to‘g‘risidagi bitim rejalashtirilgan ulkan maqsadlarga erishishga xizmat qiladi.

Qishloq xo‘jaligi, urug‘chilik va chorvachilik, mashinasozlik va qurilish, farmasevtika va kimyo, yengil sanoat va boshqa ustuvor sohalarda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishga kelishilgani ma’lum qilindi.

«Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar» temir yo‘li qurilishi masalasi ham atroflicha ko‘rib chiqilgani qayd etildi.

Xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib olingani aytildi. Tomonlar nufuzli xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini tasdiqladilar.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari muzokaralari yakuni bo‘yicha OAV vakillari uchun brifing o‘tkazildi | Zamon.uz