Siyosat

O‘zbekistonda yangi jamg‘arma tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev 16-iyul kuni «Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risidagi» qarorni imzoladi.

O‘zbekistonda yangi jamg‘arma tashkil etiladi

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Islom sivilizasiyasi markazini rivojlantirish bo‘yicha jamg‘arma tashkil etiladi. Markaz direktori esa shu jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etadi.


Qonunda aytilishicha, jamg‘armaga mablag‘ quyidagilardan moliyalashtiriladi:

  • davlat byudjeti;
  • xorijiy moliya institutlari va donorlarining ko‘maklari va grantlari;
  • homiylik xayriyalari;
  • qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Ma’lum bo‘lishicha, jamg‘arma mablag‘i ilmiy adabiyotlarni yaratish, chop etish, noyob asarlar va hujjatlarni xarid qilish orqali markaz kitob fondini kengaytirish uchun sarflanadi. Bundan tashqari, mablag‘ ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish, tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar ajratish, ilmiy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish sohalariga ham yo‘naltiriladi. Shuningdek, markaz o‘zi uchun kadrlar tayyorlash, faoliyat uchun zarur bo‘lgan multimedia qurilmalari va dasturiy ta’minotlar xarid qilish uchun ham jamg‘arma mablag‘laridan foydalanadi.

Ta’kidlanishicha, markaz huzurida Samarqand qog‘ozi, muqovasozlik va xattotlikning qadimiy an’analarini tiklash bo‘yicha laboratoriya tashkil etiladi. Unga zarur bo‘lgan moddiy-texnik asboblarni xarid qilish va mutaxassislar uchun ish haqi ham jamg‘arma hisobidan moliyalashtiriladi.  O‘z o‘rnida, laboratoriya tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot sinovlarini realizasiya qilishdan tushgan mablag‘ markaz va laboratoriya faoliyatini rivojlantirishga sarflanadi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekistonda yangi jamg‘arma tashkil etiladi | Zamon.uz