Saudiya Arabistoni TIV rahbari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
Uchrashuvda TIV rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar.


2021 yil 16 iyul kuni “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vaziri Shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi.








