Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi xalqaro konferensiya tadbirlarida ishtirok etayotgan Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdini qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

 

 

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 

Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi davlatimiz rahbariga Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va birinchi prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy kooperatsiya loyihalari va o‘zaro manfaatli hamkorlik dasturlarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi. 


 
Afg‘onistondagi vaziyatdan kelib chiqib mintaqa kun tartibidagi masalalar hamda avgust oyining boshida Turkmanistonda o‘tkaziladigan navbatdagi Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vazirini qabul qildi | Zamon.uz