Siyosat

Asr loyihasi: Termiz-Mozori Sharif-Kobul- Peshovar temiryo‘li ikki mintaqani bog‘lovchi asosiy bo‘g‘in bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasidagi nutqida Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari orasida aloqalarni kuchaytirishning birinchi ustuvor yo‘nalishi sifatida savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish ekanligini  qayd etdi.

Asr loyihasi: Termiz-Mozori Sharif-Kobul- Peshovar temiryo‘li ikki mintaqani bog‘lovchi asosiy bo‘g‘in bo‘ladi


Buning uchun ikki mintaqa orasida zamonaviy transport-logistik infratuzilmani yaratish zarurligi yana bir bora taʼkidlandi. O‘z navbatida Pokiston bosh vaziri Imron Xon O‘zbekiston -Pokiston portlari orqali jahon bozoriga chiqishi mumkinligini eʼtirof etdi. Ikki mintaqani o‘zaro bog‘lashda Afg‘oniston orqali o‘tadigan temiryo‘l katta ahamiyatga ega. Shavkat Mirziyoyev Termiz-Mozori Sharif-Kobul- Peshovar temiryo‘lini ikki mintaqani bog‘lovchi asosiy bo‘g‘in deb taʼkidladi.

 

2021 yil 2 iyun kuni  Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi doirasida ushbu temiryo‘lni “Asr loyihasi” deb atadi. O‘zbekiston dunyo okeanidan juda uzoqda joylashganligi tufayli respublika uchun dengiz portlariga chiqish masalasi katta ahamiyat kasb etadi. Bu mamlakatimizni jahon bozoriga o‘z mahsulotlarini yana-da keng miqyosda chiqarishiga imkoniyat beradi. Shu sababli respublika uchun dengiz portlariga olib chiqadigan temiryo‘l tarmog‘i juda muhim. Geografik jihatdan O‘zbekiston uchun Pokiston portlari eng yaqin hisoblanadi. O‘z navbatida Pokiston portlari Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika o‘rtasida o‘ziga xos chorrahadir. Pokistonga esa Afg‘oniston orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish mumkin. 2021 yil sentyabrida qurilishi boshlanishi kutilayotgan “Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” temiryo‘li O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega.

 

 

Xo‘sh, bu qanday yo‘l?

 

“Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” temiryo‘li uzunligi 573 kmni tashkil etadi. Uning yillik tranzit imkoniyati 20 million tonnadan ortiq. Ushbu loyihaning qiymati 5 milliard dollarga baholanmoqda. Jahon banki ushbu temiryo‘lni loyihalash uchun 35 mln dollar ajratishga rozi bo‘ldi. Temiryo‘l qurilishi besh yilni qamrab oladi. Loyihani mintaqadagi barcha davlatlar va mintaqaning eng yirik hamkorlari-Xitoy va Rossiya ham qo‘llab-quvvatlamoqda.

 

Mamlakat iqtisodiyoti uchun  ushbu temiryo‘lning ahamiyati qanday?

 

Agar loyiha to‘liq ishga tushsa O‘zbekistondan Pokistonga tovarlar jo‘natish 30-35 kundan 10-15 kungacha qisqaradi. Transport bilan bog‘liq xarajatar esa 30-35 foi ga kamayadi. Masalan, Pokistonga 20 futlik konteyner hozirda 900 dollarga tashilayotgan bo‘lsa, temiryo‘l ishga tushishi bilan bu 268 dollarni tashkil etadi-xarajatlar deyarli uch  baravar kamayadi. Loyiha ishga tushirilgan dastlabki yillarda yiliga 10 million tonnagacha yuk tashilishi mumkin. (hozirgi kunda bu 4  mln tonnani tashkil qiladi). Keyinchalik bu 20 million tonnagacha oshadi.

 

Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev fikricha, transport koridorining ishga tushirilishi orqali o‘zbek tovarlarini ikki-uch kun ichida dengiz portlariga yetkazish mumkin.  Hozirda O‘zbekiston dengizlarga chiqish imkoniga ega mamlakatlarga nisbatan ikki-uch baravar ko‘p transport xarajatlarini amalga oshiradi. Temiryo‘l bu kabi xarajatlarni keskin qisqartirishi mumkin.

 

2021 yil 2 fevral kuni Toshkentda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida temiryo‘l qurilishi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi. Bu temiryo‘l qurilishi yo‘lida qo‘yilgan katta qadamdir. Rejaga ko‘ra temiryo‘l qurilishi 2021 yil sentyabrida boshlanadi. Temiryo‘l nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa va Afg‘oniston uchun ham ulkan ahamiyatga ega. Ushbu loyiha Afg‘onistonni mintaqadagi faol savdo-iqtisodiy munosabatlarga tortadi va mamlakatda mustahkam tinchlik o‘rnatilishiga olib keladi. Shuningdek, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari temiryo‘l orqali jahon bozoriga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Temiryo‘l Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning yana-da kengayishiga sabab bo‘ladi.

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

custom img

Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot”: Saida Mirziyoyeva BMTda nutq so‘zladi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTda Afg‘oniston, Orolbo‘yi, ekologiya, bolalar huquqlari, sun’iy intellekt va ayollar huquqlarigacha bo‘lgan qator dolzarb masalalarga to‘xtaldi.

custom img

“Bizga qarorlarni amalga oshirishga qodir BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqida O‘zbekiston kelgusi yili Qo‘shilmaslik harakatiga raislikni qabul qilishini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"