Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi
Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonining borishi, shuningdek, a’zolik yo‘lida oldinda turgan yakuniy vazifalar muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lida katta qismni bosib o‘tganini ta’kidladi.
U jarayon davomida O‘zbekistonni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini ko‘rsatib kelayotgan Ngozi Okonjo-Ivealaga minnatdorlik bildirdi.
Saida Mirziyoyeva boshlangan ishni izchil davom ettirib, uni yakuniga yetkazish muhimligini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, oldinda turgan vazifalarni amalga oshirishda sur’atni pasaytirmaslik zarur.








