Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

 

25-sentyabr kuni O‘zbekiston rahbari Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning “JDB Group” kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

 

Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazining mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi qayd etildi. Infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va “yashil” sanoat yo‘nalishlarida qator qo‘shma loyihalar amalga oshirilgani ta’kidlandi.

 

Shuningdek, “JDB Group”ning O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Ular qatoridan zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi o‘rin olgan.

 

Uchrashuv yakunida kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarni jadallashtirish va yangi loyihalarni tezroq hayotga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

custom img

Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot”: Saida Mirziyoyeva BMTda nutq so‘zladi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTda Afg‘oniston, Orolbo‘yi, ekologiya, bolalar huquqlari, sun’iy intellekt va ayollar huquqlarigacha bo‘lgan qator dolzarb masalalarga to‘xtaldi.

custom img

“Bizga qarorlarni amalga oshirishga qodir BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqida O‘zbekiston kelgusi yili Qo‘shilmaslik harakatiga raislikni qabul qilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi ishga tushirilishi mumkin

Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashdi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"