0

Jahongir Ortiqxo‘jayev vaksina oldi(mi)? Masalaga rasmiy javob berildi

Bugun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning koronavirusga qarshi emlangani haqida video tarqaldi. Unda hokim o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlanganini aytadi. Biroz vaqtdan so‘ng turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda go‘yoki mutasaddi barchani aldagani, aslida esa vaksina olmagani, hattoki hamshira igna qopqog‘ini ham ochmagani ko‘rsatildi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev vaksina oldi(mi)? Masalaga rasmiy javob berildi

Bu holat shubhasiz kishilarning aytish joiz bo‘lsa hayratiga va emlanish doirasidagi muhokamalarning yanada avj olishiga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik orasida yuqori lavozim egalari o‘zlari emlanmaydilar-u, oddiy xalqni vaksinaga undashyapti degan gap so‘zlar yana jonlandi.

Mana shunday muhokamalarga chek qo‘yish va aslida hammasi umuman boshqacha bo‘lganini keng jamoatchilikka isbotlash maqsadida Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati hokimning vaksina olish earayoni bilan bog‘liq videoning to‘liqroq variantini taqdim etdi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati vakilining ma’lum qilishicha, vaksina ignasi dorini tortish uchun torlik qiladi. Shuning uchun boshqa igna bilan tortiladi. 

“Hokim yelkasida ignaning qopqog‘idek ko‘ringan narsa – shprisning "uplotnitel" deb ataluvchi qismi. Bu yerda ignalarning biri ko‘k, ikkinchisi shaffof "uplotnitel", – deyiladi xabarda.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Jahongir Ortiqxo‘jayev vaksina oldi(mi)? Masalaga rasmiy javob berildi