Kecha yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 500 nafardan, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 400 nafardan oshdi
2021 yil 16 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 118881 (+501) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
33 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
22 nafari Andijon viloyatida,
12 nafari Buxoro viloyatida,
57 nafari Jizzax viloyatida,
17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
15 nafari Navoiy viloyatida,
18 nafari Namangan viloyatida,
38 nafari Samarqand viloyatida,
27 nafari Sirdaryo viloyatida,
35 nafari Surxondaryo viloyatida,
44 nafari Farg‘ona viloyatida,
17 nafari Xorazm viloyatida,
51 nafari Toshkent viloyatida,
115 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.







