Ta'lim

Maxsus komissiya test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha muhim qaror qabul qildi

O‘zbekistonda joriy yilda oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlari ochiq maydonlarda va stadionlarda o‘tkaziladi.

Maxsus komissiya test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha muhim qaror qabul qildi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida qaror qabul qilindi, deb xabar berdi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Yig‘ilishda koronavirus tarqalishining oldini olish, aholining muayyan qatlamini ommaviy vaksinasiyalash ishlarini tashkil qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, yig‘ilishda joriy yilgi test sinovlarini avgust oyida ochiq maydonlarda (stadionlar, xiyobonlar) o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi.

Komissiya test sinovlarini sentyabr yoki oktyabr oylariga qoldirish ehtimolini ko‘rib chiqmagan. Ammo yig‘ilishda test topshiriladigan 5 ta fan (3 ta majburiy va 2 ta mutaxassislik bo‘yicha) bo‘yicha savollarni kamaytirish masalasi ko‘rilgan, ammo hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Ma’lum qilinishicha, imtihonlar 2 smenada o‘tkaziladi. Birinchi smena soat 7:00 da, ikkinchisi 18:00 da boshlanadi. Test sinovlariga tayyorgarlik jarayonida kuzatuvchilar va nazoratchilar koronavirusga qarshi emlanadi.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha tegishli idoralarga test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishga topshiriq berildi.

custom img

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

custom img

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

custom img

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

custom img

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

custom img

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"